Messining butsasi kimoshdi savdosida sotildi, undan tushgan pullar shifoxonaga topshiriladi
01 may 2021 22:16
Yangiliklar
Messining butsasi kimoshdi savdosida sotildi, undan tushgan pullar shifoxonaga topshiriladi
U aynan ushbu butsada Pelening rekordidan o'zib ketgandi.
Futbolchining oyoq kiyimi Christie kimoshdi savdosida 143,5 ming evroga sotildi. Barcha mablag'lar Barselonadagi Vall de Xevron universiteti kasalxonasiga yo'naltiriladi.

Argentinalik futbolchi ushbu butsada o'zining "Barselona"dagi 644-golini urib, bitta klubda eng ko'p gol urish bo'yicha afsonaviy Peledan o'tib ketgan edi.
Tarixiy voqea o'tgan yilning 23 dekabrida "Barselona" - "Valyadolid" (3:0) uchrashuvida sodir bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar