Messiga PSJ va "Inter" qiziqmoqda. Klublar uning otasi bilan aloqaga chiqishgan
21 avg 2020 14:38
Yangiliklar
Messiga PSJ va "Inter" qiziqmoqda. Klublar uning otasi bilan aloqaga chiqishgan
Mundo Deportivo jurnalisti Fransesk Agilarning yozishicha, argentinalik futbolchiga PSJ va "Inter" klublari qiziqmoqda. Ushbu klublar futbolchi atrofida voqealar borasida Messining otasi bilan bog'langan.
Franciya klubi Messi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rgandi va transferni UEFAning sankciyalarisiz qay tariqa amalga oshirishni biladi. Parij argentinalikka va uning rafiqasi Antonellaga yoqadi, u erda ularning ko'plab do'stlari yashashadi.
"Manchester Siti" o'z navbatida forvardni taklif qilish bo'yicha hali harakatni ham boshlamadi. Qayd etish kerakki, Messi bir necha oydan buyon "Barselona"dan ketish haqida o'ylayapti. Unga klubdagi ish tartibi va "Barsa" atrofidagi atmosfera yoqmayapti.
Kecha Messi va "Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman o'rtasida suhbat bo'lgani va unda Leo ketishga qaror qilganini aytgani borasida xabarlar yangragandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar