Messi Turan, Rafinya va Maskeranoga omad tiladi (+FOTO)
24 jan 2018 20:50
Yangiliklar
Messi Turan, Rafinya va Maskeranoga omad tiladi (+FOTO)
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoani tark etgan Arda Turan ("Istanbul Bashakshexir"), Rafinya Alkantara ("Inter") va Xaver Maskeranoga ("Xebey CHayna Forchun") minnatdorchilik bildirib, "Instagram"dagi sahifasiga surat yukladi.
"Arda, Turkiyadagi faoliyatingning yangi bosqichida omad va sog'lik tilayman. Rafinya, Italiyada muvaffaqiyat tilayman, seni diqqat bilan kuzataman. Senga ham, Maskerano, birga o'tkazgan uzoq damlarimizdan so'ng omad tilayman.
Seni sog'inaman. Kiyinish xonasiga kelib, seni ko'rmaslik juda g'alati bo'ladi. Biroq tez orada terma jamoada uchrashamiz. Uchchalangizga ham omad tilayman" - deyiladi surat ostida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar