Timur Kapadze: "Biz yaxshiroq o'ynadik va g'alabaga yaqin edik"
18 mar 22:35
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Biz yaxshiroq o'ynadik va g'alabaga yaqin edik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda Qo'qon jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Kutilganidek qiyin uchrashuvni o'tkazdik, vaziyatlar bo'ldi, gol urishimiz kerak edi. O'yin oxirida raqibimizning omadi kelib gol urib yutib ketdi. Namangandan kelgan muxlislarning hammasiga rahmat aytaman va yutqazganimiz uchun uzr so'rayman. Biz ham g'alaba uchun harakat qildik. Gol urdik, lekin penaltidan keyin o'yinimiz biroz buzildi. Ikkinchi taymda ham to'p kiritishimiz kerak edi. Oldinda uchrashuvlar ko'p, tezroq bu o'yinni unutib bo'lajak bahslarga hozirlik ko'ramiz. Har bir o'yindan to'g'ri xulosa chiqaramiz. Bugun har bir futbolchimiz yaxshi harakat qildi, hamma borini berdi.
- O'yin oxirida O'tkir Yusupov bilan holatni aytib o'tsangiz. O'zi bilan gaplashdingizmi? Yusupov yaqinda jarohatini tiklab maydonga qaytgandi.
- O'tkir raqib jarima maydonchasiga kirib borgan mahal to'qnashuv ro'y berdi. Buning vahimali tomoni yo'q, darvozabonimiz o'zini yaxshi his qilyapti.
- Jahon chempionatiga ham oz vaqt qolyapti-da.
- Endi nasib qilgani bo'ladi. Mundialga borish kimga yozilgan bo'lsa, o'sha boradi. Hali o'yinlar ko'p va har xil vaziyat bo'lishi mumkin.
- Zaxiradan qo'shilganlar negadir o'yinni kuchaytira olmadi?
- Yo'q, aksincha, zaxiradan tushganlar o'yinni yaxshi o'tkazishdi. Uchrashuv oldidan olti nafar yo'qotishimiz bor edi. Tarkib borasida ham qiyinchilikka duch keldik. Ammo boshqalar o'zlarini ko'rsatdi.
- Zabixillo O'rinboevning inobatga olinmagan goli ham tasir qildimi?
- Baribir tasir qiladi. Golimiz bekor qilindi, keyin hakam VARni ko'rib penalti qo'ydi. Xullas epizodlarga boy o'yin bo'ldi. "Qo'qon-1912" o'z uyida kurashuvchan jamoa ekanini bilardik, shunday bo'ldi ham. Albatta, biz ham g'alaba uchun kelgandik, lekin omad kelmadi. Xatolar ham, harakat ham bo'ldi. Biz yaxshiroq o'ynadik va g'alabaga yaqin edik. Maydon ham og'ir, o't baland ekan, bu esa raqibga qo'l keldi. Maydonda to'p sekin yurdi, bizga og'irlik qildi, maydon holati bilan kurash olib bordik.
- "Navbahor" kuchli jamoalarni yutib, o'rtamiyona jamoalarga yutqazyapti. Keyingi tur "Mashal" bilan bo'ladi. O'rtamiyona klublarga qarshi jamoani tayyorlash qiyin kechyaptimi?
- Har bir o'yinni tahlil qilib boryapmiz. Bunga albatta vaqt kerak. Yo'qotishlar ham bor. Bu vaqtinchalik narsa deb o'ylayman. Jamoaning ichidaman va hammasini bilib turibman. Jamoamiz o'yini yaxshi shakllangan va qaerdadir kichik detallarni tuzatishimiz kerak. Sekin-asta hammasi yaxshi bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar