"Messi – tarixdagi eng yaxshi futbolchi" - Lionel Skaloni
17 jan 2023 17:16
Yangiliklar
"Messi – tarixdagi eng yaxshi futbolchi" - Lionel Skaloni
Janubiy Amerika vakilini Qatardagi mundialda jahon chempioni unvoni tomon etaklagan Skaloni "El Partizado" dasturida bergan intervyusida Argentina futboli tarixidagi eng buyuk ikki futbolchini solishtirdi va o'zi uchun qaysi biri yaxshiroq ekanini aytdi:
"Men uchun Messi – tarixdagi eng yaxshisi. Maradona buyuk edi. Lekin men Messini o'zgacha, deb hisoblayman".
PSJ futbolchisi Qatardagi Jahon chempionatida Argentinani 36 yillik tanaffusdan so'ng chempionlik sovrinini o'z mamlakatiga qaytarishda ulkan hissa qo'shdi. U finalda avvalgi mundial chempioni Franciya darvozasiga ikkita gol urdi va penaltilar seriyasidagi ijrosini ham xotirjamlik bilan amalga oshirdi. Messi chempionatda 7 ta o'yinda ajoyib 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va turnirning "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritdi.
Argentinaning bundan oldingi chempionligi 1986 yilda Diego Maradonaning ajoyib harakatlari tufayli qo'lga kiritilgan edi. SHu tufayli bir necha yillardan buyon bu ikki afsonani solishtirganda Maradonaning qo'li baland kelar edi. Etti karra "Oltin to'p" sohibi bu sovringa ham ega chiqqach vaziyat biroz o'zgargandek.
Messi ayni vaqtga qadar Skaloni qo'l ostida 44 ta o'yinda ishtiroq etdi va 32 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar