Messi: "Real" darvozasiga urgan golim CHLdagi eng sevimlisi"
07 mar 2018 15:01
Yangiliklar
Messi: "Real" darvozasiga urgan golim CHLdagi eng sevimlisi"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi CHempionlar ligasidagi debyuti haqida aytib berdi.
"CHempionlar ligasidagi debyutim? Ushbu turnirdagi ilk uchrashuvim Ukrainada "SHaxtyor"ga qarshi bo'lgan, o'sha bahsga "Barselona B"ning ko'plab futbolchilari borgan edi.
Uchrashuvda mag'lub bo'lganmiz, ammo keyingi bosqichga chiqish masalasi muvaffaqiyatli hal bo'lgan, CHempionlar ligasidagi debyutimdan ajoyib xotiralar qolgan.
Turnirdagi eng sevimli golim? Muhim gollarimni xuddi doimo eslay olaman. "Real" darvozasiga urganim bo'lsa kerak, biroq bunday gollar ko'p bo'lgan.
Kelajakka yoki tarixga sayoxat? Tarixni tanlayman.
Maydondagi joyim o'zgardimi? Ha, o'tgan yili yanada markazroqda o'ynay boshladim. Avvallari raqib jarima maydonchasi yaqinida harakat qilar edim" - deydi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar