So’nggi yangiliklar

20:58АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Астон Вилла"ни мағлуб этди ва учинчи ўринга чиқиб олди  5 20:38Финалиссима УЕФА ва КОНМЕБОЛ қарори билан бекор қилинди. Нега?  0 20:18"Ливерпуль" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  2 20:12Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 3:0 (матнли трансляция)  15 19:38"Барселона" — "Севилья". Таркиблар маълум  5 19:08Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" - "Пахтакор" 1:0 (матнли трансляция)  97 18:03​"Бобур Арена" Суперкубокка тайёр!  14 17:01Марушич: “Фаворитмиз? Бугун бир лаҳза ҳаммасини ҳал қилиб юбориши мумкин”  3 16:49Ўзбекистон Суперкубоги: дублга эришган футболчиларни биласизми?  3 16:09Сардор Собирхўжаев: “80-90 фоиз легионер мураббий ва футболчилар Суперлигани жуда кучсиз деб ўйлаб келишади”  3 15:39Пётр Пажишек: "Пахтакор"га келишим? Европадан ташқарида ўйнаб кўрмоқчи эдим"  2 15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  9 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  2 13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  4 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  13

Messi Pelening rekordini yangilagan o'yindagi butsalar aukcionga qo'yiladi. Tushgan pullar esa xayriyaga sarflanadi Yangiliklar

Messi Pelening rekordini yangilagan o'yindagi butsalar aukcionga qo'yiladi. Tushgan pullar esa xayriyaga sarflanadi

“Barselona” forvardi Lionel Messi “Valyadolid”ga qarshi o'yinda raqib darvozasini ishg'ol etib, kataloniyaliklar safidagi 644-golini urgandi.

Messi bitta klub safidagi gollar soni bo'yicha Pelening “Santos”da o'rnatgan rekordini yangilashga erishgan.

Leoning o'sha uchrashuvda foydalangan butsalar xayriya aukcioniga qo'yiladi. Butsalarning modeli Nemeziz bo'lib, ularga futbolchining dastxati qo'yilgan. SHuningdek, butsaga Messining rafiqasi Antonellaning ismi va uch farzandining tug'ilgan sanalari tushurilgan. 

Dastlab, argentinalik “Adidas” bilan hamkorlikda ushbu butsalarini Kataloniya milliy sanat muzeyiga sovg'a qildi. Muzey rahbariyati esa Messi va ekipirovkani ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan kelishgan holda ularni Barselonadagi bolalar shifoxonasiga yordam berish maqsadida xayriya aukcioniga qo'yishga qaror qildi.

“Barselona”dagi 644-golimni urishga muvaffaq bo'lganimdan juda xursand bo'ldim, ammo eng muhimi, sog'lig'i uchun kurashayotgan bolakaylarga yordam berish imkoniyati.

Umid qilamanki, apreldagi aukcion insonlarning ushbu muammoga etibor qaratishiga yordam beradi. Mazkur tashabbusni qo'llab-quvvatlayotganlarning barchasidan minnatdorman. Bolalarga yordam berish men uchun juda muhim”, deydi Messi.

Aukcion onlayn formatda o'tadi va 19-30 aprelga qadar davom etadi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика