Messi: "Hakamlar bugun VARga murojaat qilishmadi, ajoyib!"
03 iyu 2019 10:51
Yangiliklar
Messi: "Hakamlar bugun VARga murojaat qilishmadi, ajoyib!"
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Kopa Amerikaning yarim final o'yinidan o'rin olgan Braziliya (0:2) ga qarshi o'yinda hakamlardan norozi bo'ldi.
Uning fikricha, hakam Braziliya terma jamoasi darvozasi tomon 2ta penalti berishi kerak edi.
- Men bu turnirdagi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatdik deb o'ylayman. Harakat qildik, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. To'plar shtangaga tegdi. Braziliyaliklar bizdan ustun kelishmadi, ular qo'l bilan ko'p o'ynashdi va qoidani buzishdi. Yana Braziliya darvozasi tomon penalti belgilanishi kerak edi. Bugun haqamlar VARni ishlatishmadi, ajoyib! - deydi Messi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi CHili yoki Peru termasi bilan 3-o'rin uchun bo'ladigan o'yinda ishtirok etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar