Messi “Barselona”ning jamoaviy mashg'ulotlarida qatnashmadi
03 iyu 2020 20:15
Yangiliklar
Messi “Barselona”ning jamoaviy mashg'ulotlarida qatnashmadi
Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar sardori jarohati yo'qligiga qaramay, jamoaviy mashg'ulotlarda qatnashmagan. Argentinalik futbolchi maxsus individual mashqlarni bajargan. Qayd etilishicha, bu jarohat bilan bog'liq emas, uning jismoniy holati joyida. U oldin ham yakka tartibda tayyorgarlik ko'rgan, bu Messining mashq o'tkazish rejasi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionati restarti 11 iyunga belgilangan. “Barselona” esa tur doirasidagi uchrashuvini 13 iyun kuni safarda “Malorka”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar