Messi: "Barselona" barcha turnirlarda kurashadi, ammo CHL - tort ustidagi olcha"
04 okt 2018 10:49
Yangiliklar
Messi: "Barselona" barcha turnirlarda kurashadi, ammo CHL - tort ustidagi olcha"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Tottenxem"ga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvidan (4:2) so'ng, Kataloniya klubining asosiy maqsadi haqida gapirdi.
"CHempionlar ligasi har bir futbolchi uchun tort ustidagi olchadek. Ammo bu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun Kubok va milliy chempionatda munosib o'yin ko'rsatish lozim. Biz uchun barcha musobaqalar muhim. CHempionlar ligasi - o'zgacha turnir, ammo chempionat va mamlakat Kubogini esdan chiqarmaymiz.
Bu turnirda mehmonda o'ynash oson emas, ayniqsa "Tottenxem"dek jamoaga qarshi. Ajoyib o'yin o'tkazdik, birinchi taym biz uchun juda yaxshi yakunlandi. Hammasi istaganimizdek bo'lganidan xursandman" - deydi Messi.
Argentinalik forvard ushbu bahsda dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar