"Menda O'zbekiston, Eron va boshqa mamlakatlardan takliflar bor". Siavash Haqnazariy ham "Navbahor"dan ketdi
30 noy 2024 21:02
Yangiliklar
"Menda O'zbekiston, Eron va boshqa mamlakatlardan takliflar bor". Siavash Haqnazariy ham "Navbahor"dan ketdi
"Navbahor"dan etakchi o'yinlar ketishda davom etmoqda.
Namangan jamoasining eronlik legioneri Siavash Haqnazariy ham o'zining Instagram'dagi sahifasida klubdan ketganiga ishora qildi.
"Rahmat, Namangan", — deb yozdi futbolchi.
"Menda O'zbekiston, Eron va boshqa mamlakatlardan takliflar bor, ammo hozirgacha bir qarorga kelmadim. Hozirda faqatgina bir necha kun davomida oilam bilan birga bo'lish uchun uyga borishni xohlayman va keyin bir qarorga kelaman", — dedi Haqnazariy saytimizga bergan izohida.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Navbahor"dan Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboev va Toma Tabatadze klub bilan xayrlashgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar