Meksikadagi tartibsizliklarga qaramay, Islandiyaga qarshi o'yin bekor qilinmaydi
25 fev 19:50
Yangiliklar
Meksikadagi tartibsizliklarga qaramay, Islandiyaga qarshi o'yin bekor qilinmaydi
Meksika terma jamoasi mamlakatda hukm surayotgan notinch vaziyat va qurolli to'qnashuvlarga qaramay, Islandiya bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirmoqda.
Tartibsizliklar sababi:
Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba kuni Meksika Qurolli kuchlari tomonidan o'tkazilgan maxsus operaciya davomida "Xalisko yangi avlodi" (CJNG) narkokarteli etakchisi Nemesio Osegera (El Mencho) o'ldirilgan edi. Shundan so'ng mamlakatning bir qator shtatlarida kartel jangarilari va harbiylar o'rtasida keskin to'qnashuvlar va ommaviy tartibsizliklar boshlanib ketdi.
O'yin reja bo'yicha o'tadi:
"ESPN" nashrining xabar berishicha, dushanba kuni Meksika terma jamoasi xotirjam tarzda o'z mashg'ulotlarini o'tkazgan. Santyago-de-Keretaro shahrida Islandiya terma jamoasiga qarshi kechadigan o'rtoqlik bahsi rejaga muvofiq 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar