Meksikada futbol o'yini vaqtida 11 nafar odam otib o'ldirildi
26 jan 17:04
Yangiliklar
Meksikada futbol o'yini vaqtida 11 nafar odam otib o'ldirildi
Salamanka shahrida bo'lib o'tgan futbol o'yini vaqtida 11 nafar odam halok bo'ldi, yana 12 kishi yaralandi.
Bu haqda 26 yanvar kuni "Jornada" nashri xabar berdi.
Hodisa Loma-de-Flores tumanidagi "Kampos de las Kabanyas" stadionida o'tkazilayotgan havaskorlar o'yini chog'ida sodir bo'lgan. Kutilmaganda sport majmuasi hududiga ikkita mashina kelib to'xtagan. Avtomobillardan to'rt nafar nomalum shaxs tushib, o'q uzishni boshlagan.
Hujum bir necha daqiqa davom etgan. Otilgan o'qlar shunchalik baland ovoz chiqarganki, ularni hatto stadiondan 15 km uzoqlikda ham eshitish mumkin bo'lgan. Jinoyatchilar nomalum yo'nalishda qochib ketgan.
Fojia joyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar 100 tadan ortiq gilzani aniqlagan. Hozirda policiya tergov ishlarini davom ettirib, guvohlarni so'roq qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar