El Mencho o'limidan so'ng Meksika xavfsiz mamlakatga aylandimi? Prezident bayonot berdi
24 fev 21:20
Yangiliklar
El Mencho o'limidan so'ng Meksika xavfsiz mamlakatga aylandimi? Prezident bayonot berdi
Bu bayonot mamlakatda narkokartellar va qurolli kuchlar o'rtasidagi to'qnashuvlar avj olgan bir paytda yangradi.
Vaziyat nega keskinlashdi?
O'tgan yakshanba kuni Meksika Qurolli kuchlari tomonidan o'tkazilgan maxsus operaciya natijasida eng yirik "Xalisko yangi avlodi" (CJNG) narkokarteli etakchisi Nemesio Osegera (laqabi — El Mencho) o'ldirildi. Shundan so'ng bir nechta shtatlarda tartibsizliklar boshlanib, jangarilar va harbiylar o'rtasida qurolli to'qnashuvlar sodir bo'ldi.
Prezidentning vadasi:
Seshanba kuni Klaudiya Sheynbaum JCH-2026 mezbonligi bo'yicha barcha kafolatlar mavjudligini takidladi:
"Jahon chempionati o'yinlarini qabul qilish uchun bizda barcha kafolatlar bor. Musobaqaga tashrif buyuradigan muxlislar uchun hech qanday xavf ko'rmayapman", — dedi Meksika rahbari.
Malumot uchun:
JCH-2026 turniri 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada stadionlarida bo'lib o'tadi. Meksikada o'yinlar Mexiko, Monterrey va Gvadalaxara shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Qizig'i shundaki, Gvadalaxara aynan tartibsizliklar markazi bo'lgan Xalisko shtatining poytaxti hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar