Pele va Maradona chempionlikni nishonlagan, tomi to'liq yig'iladigan, 1,4 mlrd dollarga tushgan loyiha: O'zbekistonning tarixiy uchrashuvlariga mezbonlik qiladigan 3 ta stadion
07 dek 18:36
Yangiliklar
Pele va Maradona chempionlikni nishonlagan, tomi to'liq yig'iladigan, 1,4 mlrd dollarga tushgan loyiha: O'zbekistonning tarixiy uchrashuvlariga mezbonlik qiladigan 3 ta stadion
O'zbekiston guruhdagi dastlabki o'yinini Meksikada, qolgan ikkitasini AQSHda o'tkazadigan bo'ldi. Bugun aynan shu 3 ta stadion haqida malumotlarni taqdim etamiz.
Aytish joiz, eng katta masshtabdagi musobaqa 3 mamlakatning 16 ta lokaciyada o'tkaziladi. 104 o'yindan birinchisiga esa Meksika mezbonlik qiladi. Mezbon Meksika turnirni o'z poytaxtida, 1970 va 1986 yillarda Jahon chempionati finallari va ochilish o'yinlariga mezbonlik qilgan "Acteka" tarixiy stadionida ochish sharafiga muyassar bo'ladi. Etiborlisi, ochilish uchrashuvi 2010 yil Jarda bo'lgani kabi Meksika hamda Janubiy Afrika Respublikasi o'rtasida kechadi. JCH ilk turidan o'rin olgan O'zbekiston – Kolumbiya to'qnashuvi ham shu erda o'tadi.
"Acteka" — dunyodagi eng katta futbol stadionlaridan biri bo'lib, Meksika poytaxti Mexiko shahrida joylashgan. Uning sig'imi 87 523 tomoshabinga teng. Bu Lotin Amerikasidagi eng katta stadion, dunyoda beshinchi eng katta stadion va futbol musobaqalari uchun maxsus mo'ljallangan dunyodagi eng katta stadiondir. "Acteka" dengiz sathidan 2200 metrdan yuqori balandlikda joylashgan. Bu — FIFA Jahon chempionati final o'yinini ikki marta o'tkazgan ikkita stadiondan biri (Braziliyaning "Marakana" stadioni bilan birga).
"Acteka" — Meksikaning asosiy stadioni, bu erda milliy terma jamoa 1966 yildan beri uy o'yinlarini o'tkazib keladi.

Meksika JCH-2026da guruh bosqichidagi uchta o'yinining barchasini o'z mamlakatida o'tkazadi. Shulardan ikkitasi "Acteka"da, bittasi "Akron"da bo'lib o'tadi.
1-o'yin | Guruh bosqichi (Meksika – JAR) | 12 iyun
24-o'yin | Guruh bosqichi | (O'zbekiston – Kolumbiya) | 18 iyun
53-o'yin | Guruh bosqichi (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya – Meksika) | 25 iyun
79-o'yin | 1/16 final | 1 iyul
92-o'yin | 1/8 final | 6 iyul


Jahon futbolining haqiqiy kolizeyi va uchinchi FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgan birinchi stadion, 1970 va 1986 yillarda ikkita hayajonli Jahon chempionati finalida Pele va Diego Maradona kabi afsonalarga quvonch ulashgan "Mexiko Siti" ("Acteka"ning boshqa nomi – tahr.) stadioni yana bir bor birinchi planga chiqadi.
"Acteka" 2011 yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati finaliga mezbonlik qildi, unda nufuzli yoshlar turniri tarixidagi har qanday o'yin uchun rekord darajadagi 98 943 nafar muxlis to'plandi.
1968 yil "Acteka" 119 853 tomoshabinni ham bag'riga sig'dira olgani har qanday odamni hayratga soladi.
"Acteka" haqida qiziq faktlar:
- 1968 yil Olimpiadasi fonida qurilgan.
- "Acteka" nomini qadimiy actek civilizaciyasiga bog'lab qo'yishgan.
- Stadion Meksikaning ramzlaridan biriga aylanib ulgurgan.
- Pele va Maradona afsona maqomini shu erda olgan desak bo'laveradi. 1970 yil Pele uchinchi JCH titulini qo'lga kiritgan, 1986 yil Maradonaga tegishli "Xudoning qo'li" va "Asr goli" aynan "Acteka"da urilgan.
- Dengiz sathidan 2200 m balandlikda barpo qilingan.
- U2 va Coldplay rok guruhlari, Maykl Jekson va Pol Makkartni kabi yulduzlar koncert bergan.

O'zbekiston MTJning 2-tur doirasidagi Portugaliya bilan uchrashuvi Xyuston shahridagi "En-ar-ji Stedium"da tashkil etiladi.
Ilgari "Relayant Stedium" nomi bilan tanilgan "En-ar-ji Stedium" (NRG Stadium) AQSHning Texas shtatidagi Xyuston shahrida joylashgan ko'p funkciyali sport majmuasidir. 2002 yilda barpo etilgan stadionning futbol o'yinlari uchun sig'imi 71 000 tomoshabindan oshadi. 2002 yil 24 avgustda ochilgan stadion tomi yig'iladigan birinchi NFL stadioniga aylandi. Bu — NFL jamoasi "Xyuston Teksans"ning uyi.
Stadionda ko'plab xalqaro futbol o'yinlari, jumladan, AQSH terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar bo'lib o'tgan. Shuningdek, u rodeolar va chorvachilik shoulariga ham mezbonlik qilgan.

2004 yil 1 fevralda stadionda XXXVIII Superboul va 2009 yil 5 aprelda XXV Restlmaniya, 2017 yil 5 fevralda esa Superboul LI musobaqalari o'tkazilgan.
Yozda "En-ar-ji Stedium"da KONKAKAF Oltin Kubogi finali bo'lib o'tdi. Unda Meksika AQSHni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
"En-ar-ji Stedium" haqida qiziqarli faktlar:
- AQSHdagi NFL arenalari orasida birinchi bo'lib to'liq yig'iladigan (retractable) tomga ega stadion.
- Xyustonning eng katta tadbir maydoni.
- Xyuston havosi juda issiq bo'lgani uchun stadionning tomi maxsus energiyani tejaydigan va issiqlikni qaytaruvchi materialdan tayyorlangan.
- AQSHdagi eng mashhur Houston Livestock Show and Rodeo tadbiri o'tadigan maskan. Arena bir necha soat ichida futbol maydonidan ulkan rodeo maydoniga aylana oladi.
- Maydon chimi sport turiga qarab, xilma-xil konfiguraciyalarda yopilib-ochiladi.

Stadionda bo'lajak mundialning umumiy 7 ta uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan:
10-o'yin | Guruh bosqichi (Germaniya – Kyurasao) | 15 iyun
23-o'yin | Guruh bosqichi (Portugaliya – Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya) | 18 iyun
35-o'yin | Guruh bosqichi (Niderlandiya – Ukraina/Shveciya/Polsha/Albaniya) | 21 iyun
47-o'yin | Guruh bosqichi (Portugaliya – O'zbekiston) | 24 iyun
65-o'yin | Guruh bosqichi (Kabo-Verde – Saudiya Arabistoni) | 27 iyun
76-o'yin | 1/16 final | 30 iyun
90-o'yin | 1/8 final | 5 iyul
Fabio Kannavaro shogirdlarining guruhdagi so'nggi bahsi O'zbekiston MTJga yaxshi tanish bo'lgan o'sha muhtasham "Mersedes-Benc Stedium"da bo'lib o'tadi. Terma jamoa 2023 yil bu erda Meksikaga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan va mag'lubiyatga rozi bo'lmagandi.
Meksika – O'zbekiston 3:3
AQSH. Atlanta, "Mersedes Benc" stadioni.
Gollar: Raul Ximenes 21', 80', Uriel Antuna 88' – Bobir Abdixoliqov 18', Aziz Turg'unboev 45+1', Otabek Shukurov 90+1'
Meksika: Ochoa, Alvares, Vaskes, Sepulveda, Angulo, E.Alvares, Rodriges, Pineda, Uerta, Alvarado, Ximenes.
O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 4.Farruh Sayfiev, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (21.Abror Ismoilov, 80), 15.Umar Eshmurodov, 17.Bobir Abdixoliqov (11.Oston O'runov, 70), 18.Abdulla Abdullaev, 19.Aziz Turg'unboev, 22.Dilshod Saitov (13.Sherzod Nasrullaev, 46), 23.Husniddin Aliqulov.
Ogohlantirishlar: Xesus Angulo 26, Husniddin Aliqulov 38, Jilberto Sepulveda 57, Xordi Kortizo 77, Sherzod Nasrullaev 87.


"Mersedes-Benc Stedium" — AQSHning Jorjiya shtati Atlanta shahridagi sport stadioni. 2017 yildan beri u "Atlanta Felkons" (Amerika futboli) va "Atlanta Yunayted" (futbol) jamoalarining uy stadioni hisoblanadi.
2012 yil 10 dekabrda Jorjiya Jahon kongress-markazi mamuriyati "Atlanta Felkons" jamoasi stadioni loyihasini bir ovozdan maqulladi. Stadion 2017 yilgi mavsumdan oldin ochilishi rejalashtirilgan.
2013 yil 19 martda Atlanta shahar kengashi stadionni rasman maqullagan. 2014 yil 19 mayda qurilish boshlanishiga bag'ishlangan rasmiy marosim bo'lib o'tgan. Marosimda Atlanta meri Kasim Rid ishtirok etgan. 2015 yil 24 avgustga kelib yangi stadion "Mersedes-Benc Stedium" deb nomlanishi elon qilingan. Titul homiysi Mercedes-Benz USA bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra, arena ochilganidan keyin 25 yil davomida (2042 yilgacha) shu nomda qoladigan bo'lgan. Qurilish taxminan 1,4 milliard dollarga tushgan.
Futbol o'yinlari uchun stadion 42 500 tomoshabinga mo'ljallangan. Amerika futboli o'yinlari uchun sig'imi esa 71 000 tomoshabinni tashkil qiladi (75 000 gacha kengaytirish mumkin).

Rejalashtirilganidek, stadion 2017 yil 26 avgustda ochilgan. "Atlanta Felcons" yangi arenadagi birinchi o'yinini mavsum oldidan "Arizona Kardinals"ga qarshi olib borgan.
Dunyodagi eng ajoyib stadionlardan biri bu yil 1 iyundan 13 iyulga qadar FIFA Klublar o'rtasidagi JCHning 6 ta o'yiniga mezbonlik qildi. PSJ va "Manchester Siti" bu erda yirik g'alabaga erishgan bo'lsa, "Bavariya" musobaqadan chiqib ketgan edi.
"Mersedes-Benc Stedium" haqida qiziq faktlar:
- Kamera linzasiga o'xshash "murakkab tom"ga ega. 8 qanotli tom kamera obektividek aylanib ochiladi. Uning to'liq ochilishiga 7–8 daqiqa vaqt ketadi, dunyoda bunday mexanizm yo'q.
- Stadionning panoramali ekrani mavjud bo'lib, bu eng katta doirasimon LED tablodir. Uning umumiy uzunligi 335 metrdan oshadi.
- Dunyodagi ilk "zero-waste" stadionlardan biri bo'lib, arenada chiqindilarning 90 foizi qayta ishlanadi. Bu uni ekologiya jihatidan eng ilg'or arenalardan biriga aylantiradi.
- "Fan First Pricing" dasturiga ko'ra, bu erda xot-dog, popkorn, suv va gazlangan ichimliklar AQSHdagi boshqa stadionlarga nisbatan 40–60% arzon.
- Chim, o'rindiqlar konfiguraciyasi va maydon belgilari 48–72 soatda to'liq o'zgaradi. 1 hafta ichida ham NFL, ham MLS o'yinlarini o'tkazish imkoni bor.
- Dunyodagi eng yirik Wi-Fi tarmoqlaridan biri mavjudligi bois internet bilan qandaydir muammo kuzatilishi imkonsiz.
Stadion ichki qismida 180 dan ortiq sanat asari joylashgan — bu Amerikadagi eng katta sport-sanat kollekciyalaridan biri.

"Mersedes-Benc Stedium"da mundialning 8 ta uchrashuvi tashkil qilinadi:
14-o'yin | Guruh bosqichi (Ispaniya – Kabo-Verde) | 16 iyun
25-o'yin | Guruh bosqichi (Daniya/Shimoliy Makedoniya/Chexiya/Irlandiya – JAR) | 19 iyun
38-o'yin | Guruh bosqichi (Ispaniya – Saudiya Arabistoni) | 22 iyun
50-o'yin | Guruh bosqichi (Marokash – Gaiti) | 25 iyun
72-o'yin | Guruh bosqichi (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya – O'zbekiston) | 28 iyun
80-o'yin | 1/16 final | 2 iyul
95-o'yin | 1/8 final | 8 iyul
102-o'yin | Yarim final | 16 iyul
Sherzod Nurmatov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar