So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  6 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  3 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  58 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  256

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi JCH. O'zbekiston "o'lim" guruhida! Yangiliklar

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi JCH. O'zbekiston "o'lim" guruhida!

12-15 iyul kunlari Polshada mehribonlik uylari o'rtasida Jahon CHempionati bo'lib o'tadi.

Unda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Ushbu xalqaro musobaqaga qura tashlandi va terma jamoamiz “S” guruhida Ispaniya, Vetnam, Rossiya, Latviya, Sloveniya, Belarsu terma jamoalariga qarshi bahs olib boradigan bo'lishdi.

Xalqaro musobaqa oldidan terma jamoa murabbiyi Jamshid Asadov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Mundialga qura tashlandi va biz “o'lim” guruhidamiz. Guruhimizdagi terma jamoalar kuchli raqiblar hisoblanadi. Ispaniya bir marotaba, Rossiya esa ikki karra Jahon chempioni hisoblanadi. SHunday bo'lsa-da maqsadimiz sari olg'a intilamiz va nasib etsa chempionlik uchun kurashamiz. To'g'risini aytganda, bunday guruh bizga qo'shimcha kuch va motivaciya beradi. Biz xalqimiz va futbol muxlislarimiz, qolaversa ota-onalarimizning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Xalqimizdan bizlarni duo qilib, qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolar edik”, - deydi Asadov.



Terma jamoamizning Polshaga yo'l oluvchi tarkibi bilan tanishing:

Darvozabon

Islamov Sergey

Himoyachilar
SHaplov Danil
Ergashboev Toir
SHonazarov Abduqaxxor
Ochilov Jahongir

Yarim himoyachilar
SHamshidov Edgar
Nyuskov Amir
Karaxanyan Ruslan

Hujumchilar
Abibullaev Timur
Son Salim

Bosh murabbiy - Asadov Jamshid
Yordamchi murabbiy - Kasimov Aziz

Jamshid Asadov boshchiligidagi jamoa 12 iyul kuni Polshaga yo'l oladi. Dastlabki o'yinni ular 13 iyul kuni Ispaniya terma jamoasiga qarshi olib boradi.

Xalqimizdan ushbu terma jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolar edik. Zero bu farzandlar barchamizniki!

Dildora Xolboeva tayyorladi

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика