Mbappening “Real Madrid”ga kelishi madridliklaring boshqa bir yulduzini ketishiga sabab bo'lishi mumkin
10 jan 2024 11:05
Yangiliklar
Mbappening “Real Madrid”ga kelishi madridliklaring boshqa bir yulduzini ketishiga sabab bo'lishi mumkin
Bu haqida insayder Eduardo Inda malum qildi.
“Agar Mbappe kelsa, kimdir “Real”ni tark etishi kerak, chunki klub yangi futbolchi uchun pul topishi kerak. SHuningdek, Mbappe uchun madridliklar hujumchidan ham joy topish kerak. Franciyalik hujumning istalgan joyida harakat qila oladi. Misol uchun “to'qqizlik” sifatida. Ammo bu erga madridliklar yosh iqtidor sohibi Endrikni olib kelishmoqda.
“Real Madrid” albatta kimnidir sotishi kerak, chunki bu klub uchun zarur bo'lgan vazifa. Agar Mbappe kelsa, kimdir ketishi va bo'sh joy qoldirishi kerak. Ko'p pul olishingiz mumkin bo'lgan futbolchi esa braziliyalik Vinisiusdir. Uning transferi orqali katta pul ishlab olish va Mbappe uchun bo'sh joy yaratish mumkin”, — degan Inda.
Malumot uchun, Vinisius joriy mavsum “Real Madrid” safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 6 ta gol va 4 ta golga uzatma bor. Braziliyalikning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarket hujumchini 150 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar