Mbappe "Real" uni Evro-2024 startiga qadar Ronaldudek taqdim etishini xohlaydi
22 fev 2024 18:11
Yangiliklar
Mbappe "Real" uni Evro-2024 startiga qadar Ronaldudek taqdim etishini xohlaydi
Kilian Mbappe "Real"ning uni Krishtianu Ronaldudek taqdim etishini xohlaydi.
Hujumchi o'tgan haftada PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfiga yozda klubni erkin agent maqomida tark etishga qaror qilganini aytdi. Bu borada rasmiy malumot chiqqanicha yo'q. Mbappe "Madrid"ga o'tishga yaqin.
Jurnalist Edu Agirrening xabariga ko'ra, Kilian "Real" uni Evro-2024 startiga qadar, aniqrog'i 14 iyungacha "Santyago Bernabeu"da taqdim etishini xohlaydi. SHu bilan birga, o'yinching PSJ bilan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi.
"Mbappening g'oyasi – uni Evro boshlanishiga qadar "Santyago Bernabeu"ga qadar taqdim etishlari. U Krishtianu Ronaldudek taqdimot haqida o'ylamoqda", – deb malumot beradi Agirre.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning 2009 yildagi "Bernabeu"da o'tgan taqdimotiga 85 000 nafardan ortiq inson tashrif buyurgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar