Mbappe navbatdagi sovringa ega bo'ldi
14 may 10:52
Yangiliklar
Mbappe navbatdagi sovringa ega bo'ldi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Franciya futbolchilar va murabbiylar uyushmasi talqiniga ko'ra, Liga 1da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu haqda UNFP (Franciya futbolchilar va murabbiylar uyushmasi) matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy mavsumda franciyalik futbolchi Franciya chempionatida 29 uchrashuvda 27 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Parijliklar tarkibida u Liga 1 g'olibiga aylandi. Bu Mbappening poytaxt klubidagi so'nggi mavsumi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli hujumchi 2018 yilning yozida «Monako»dan PSJga ko'chib o'tgandi. SHu vaqt oralig'ida hujumchi 306 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 255 ta gol va 108 ta golli uzatma mavjud.
Avvalroq, OAVda Mbappe «Real» bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolagani haqida malumot paydo bo'lgandi.
Fikrlar