Maskerano: "Umid qilamanki, Neymar qaytadi"
17 apr 2020 20:29
Yangiliklar
Maskerano: "Umid qilamanki, Neymar qaytadi"
"Barselona" himoyachisi Xaver Maskerano PSJ futbolchisi Neymarning Kataloniya klubiga qaytishi borasidagi mish-mishlarga javob berdi.
"Yaqindagina "Barselona" ECHL-2014/15 finalida "Yuventus"ni mag'lub etgan uchrashuvni tomosha qildim. Uchrashuvda Neymar, Luis Suares va Leo Messining yaratgan mo'jizalarni til bilan tariflab bo'lmaydi.
Har bir futbolchining maydondagi poziciyasi va vazifalari bo'ladi. Ushbu uchlik dunyo futboliga go'zallik taqdim qildi. Umid qilamanki, Neymar "Barselona"ga qaytadi va ular yana birga o'ynashadi. Muxlislar ham buni istashadi", - dedi Maskerano.
Eslatib o'tamiz, Neymar 2017 yili PSJga 222 mln evro evaziga transfer qilingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar