So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  6 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Masharipov haqida berilgan so'rovnoma yakunlari Yangiliklar

Masharipov haqida berilgan so'rovnoma yakunlari

Telegram kanalimizga Jaloliddin Masharipov bilan bog'liq so'rovnoma qo'ygandik.

2020 yil yakunlariga ko'ra, "O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoniga yo'l olishi kutilgandi. Saytimizda u hatto tibbiy ko'rikdan o'tdi, tez orada "Al Nassr" bilan shartnoma imzolaydi degan xabar ham chiqdi. 

Biroq nimadir bo'ldi-yu, ushbu transfer amalga oshmadi. Bizga malum bo'lishicha, Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga taqiq qo'yilgan va hech qaysi futbolchini transfer qila olmas emish. Lekin bu qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri bunisi qorong'u. 

Bugun "Jaloliddin Masharipovning Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolamagani..." sarlavhali so'rovnoma yakunlariga to'xtalib o'tamiz. O'tgan vaqt mobaynida mazkur so'rovnomada 10 mingdan ziyod o'quvchi ishtirok etib, eng ko'p 41 foiz ishtirokchi "Yaxshi bo'ldi, endi Evropaga ketadi" degan variantda to'xtalgan. 

28 foiz o'quvchi "Yomon bo'ldi, endi legioner bo'la olmasa kerak" degan variantni tanlagan hamda 24 foiz ishtirokchiga "Yaxshi bo'ldi, yana "Paxtakor"ga qaytadi" varianti maqul kelgan. Faqat 7 foiz o'quvchigina "Yomon bo'ldi, "Al Nassr" kuchli klub edi" degan variantga to'xtalgan.

 

So'rovnoma yakunlari haqida nima deyish mumkin? Avvalo shuni aytish kerak, Saudiya Arabistoni chempionati Osiyoda etakchilar qatorida turadi va ularning chempionatini Qatar yoki BAA ligalari bilan solishtirish kerak emas. Qolaversa, "Al Nassr" ham kuchli jamoa hisoblanadi, axir bu klubda Abderazzaq Hamdallah singari to'purar bejizga o'ynayotgani yo'q. 

Aytaylik, bu transfer amalga oshmagani bilan Masharipov Evropaga ketsa, bundan yaxshisi yo'q. Lekin yana O'zbekiston chempionatiga qaytsa, bu ortga qadam tashlash bo'ladi. Uzun quloq gap-so'zlarga qaraganda mohir yarim himoyachi Qatarning "Al Sadd" klubi bilan shartnoma imzolar emish. Lekin bu qanchalik haqiqat, albatta vaqt o'tib bilib olamiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика