"Mashal" uch nafar legioner bilan shartnoma tuzdi. Ulardan biri JCH-2014da Argentina bilan bahsda golli uzatma bergan
23 fev 2024 13:59
Yangiliklar
"Mashal" uch nafar legioner bilan shartnoma tuzdi. Ulardan biri JCH-2014da Argentina bilan bahsda golli uzatma bergan
Pro liga ishtirokichisi Muborakning "Mashal" klubi kecha uch nafar legioner bilan shartnoma tuzdi.
1992 yil tug'ilgan nigeriyalik hujumkor yarim himoyachi Maykl Babatunde. Nigeriya milliy terma jamoasi safida 11ta o'yinda maydonga tushgan (JCH-2014 ishtirokchisi) Babatundening so'nggi jamoasi Albaniyaning "Lachi" klubi bo'lgan. Babatunde JCH-2014da Argentina bilan o'yinda Ahmad Musaga golli uzatmani amalga oshirgandi.

1997 yil tug'ilgan nigeriyalik hujumchi Samuel CHigozi Ononivu. 2021 yilda ham "Mashal" safida o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi Bahraynning "Um Al Hassam" klubi bo'ldi.

2006 yil tug'ilgan ganalik markaziy himoyachi Abdullatif Abdallah Maga faoliyatidagi birinchi professional shartnomasini aynan "Mashal" bilan imzoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar