"Shunchaki, men kuchlilik qildim". Eto'O va terma jamoa bosh murabbiyi o'rtasidagi janjal, ikkita qaydnoma... Barchasi haqida batafsil gaplashamiz
24 dek 19:00
Yangiliklar
"Shunchaki, men kuchlilik qildim". Eto'O va terma jamoa bosh murabbiyi o'rtasidagi janjal, ikkita qaydnoma... Barchasi haqida batafsil gaplashamiz
Bugun, 24 dekabr sanasida, Kamerun terma jamoasi Afrika Kubogidagi birinchi uchrashuvini o'tkazadi. Ammo hali musobaqa boshlanmay, kattagina janjal yuzaga keldi. Asosiy sabab – Kamerun futbol federaciya prezidenti Samuel Eto’Oning harakatlari. "Barselona" va "Inter" sobiq yulduzi bilan bog'liq yana qanday mojaro yuz berdi?
1 dekabr kuni kamerunliklar Afrika Kubogiga qaydnomalarini elon qilishdi. Kutilmaganda, bir yo'la uch muhim futbolchi ro'yxatdan tushib qolgandi: darvozabon Andre Onana va hujumchilar Vensan Abubakar hamda Erik Shupo-Moting. Bosh murabbiy sifatida esa David Pagu ko'rsatilgandi, vaholanki, rasman bu post belgiyalik Mark Bris (2026 yil sentyabr oyigacha shartnomasi bor)ga tegishli.
"The Sun" uzoq kuttirmay, malumot berdi. Yaqinda qayta saylangan Kamerun futbol Federaciyasi prezidenti Eto’O murabbiy Brisni ishdan olgan va uning o'rniga Paguni bosh murabbiy etib tayinlagan. BBC esa bunday qarorga nimalar sabab bo'lgani haqidagi hujjatni chop etdi. Mutaxassisga qanday ayblovlar qo'yilgan?
"Noprofessionallikda", "o'yinchilarni futbol federaciyasiga bo'ysunmaslikka undash" va "federaciya ichidagi nomalum shaxslar bilan faol hamkorlik qilish".
Yig'ilishda ishtirok etmaganlik, o'zining mashg'ulotlar bo'yicha dasturini ochiqlamaganlikda, hamkorlik bilan bog'liq muammolarni yuzaga keltirishda, turli xil bahonalarni ro'kach qilib matbuot anjumanlaridan qochishda, jamoa tarkibini o'z vaqtida elon qilmaslikda.

Biroq Bris lavozimidan ketishga qarshi chiqdi. Belgiyaning "VTM Nieuws" nashriga intervyusida u quyidagilarni so'zladi: "Ilk daqiqalardanoq Eto’Oning asosiy maqsadi mendan qutulish bo'lgan. Shunchaki, men u uchun kuchlilik qildim. Kamerun prezidenti David Paguni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganligi haqidagi hujjatni imlolamas ekan, men milliy terma jamoa ustozi bo'lib qolaman. Bu borada muhokamaga o'rin yo'q. Kamerunda oxirgi 30 yillik ananalar shuni talab qiladi".
Shuningdek, belgiyalik Afrika Kubogi uchun o'zining tarkibini elon qildi. Sobiq yordamchisi Pagudan farqli o'laroq Bris tarkibga Onana, Abubakar va Shupo-Motingni kiritgan. "Afrik Foot"ga intervyu chog'ida murabbiy Federaciya prezidentini ayab o'tirgani yo'q.
"Eto'O etakchi va muhim futbolchilarni tarkibga kiritmagan. Aynan u tarkibni tanlagani ko'rinib turibdi. Qanday qilib, bunday musobaqada jahon darajasidagi darvozabon va Abubakarsiz ishtirok etish mumkin? Sababi oddiy, chunki ularning xarakteri prezidentnikiga qarshi kelib qolgan. Qiziq tomoni, bu holat meni ajablantirmayapti, chunki u qanchalik o'ziga ortiqcha bino qo'ygan insonligini yaxshi bilaman".
Kamerunliklar uchun Onananing yo'qligi kutilmagan hol bo'lmadi. Golkiper va Eto'O o'rtasidagi munosabatlar taranglashganiga ancha bo'lgan. Lekin Abubakarning tarkibga kiritilmagani ko'pchilikni shokka tushirib qo'ydi. 33 yoshli forvard – jamoa etakchilaridan biri va sardori. Shunga qaramay, buning ham ehtimoliy sababi topildi.
"The Sun"ning xabariga ko'ra, Vensan terma jamoadagi gollari soni bo'yicha Eto’Oga yaqinlashib olmasligi uchun Afrika Kubogiga chaqirilmagan. Hozirda Abubakar hisobida 45 ta gol bor, Samuel esa 56 ta golda to'xtagan. Aytishlaricha, sobiq forvard oradagi farqdan tashvishda: u Kamerun tarixidagi eng yaxshi to'purar nomini qo'ldan chiqarishni istamayapti.
Yakuniy ro'yxatni topshirishning oxirgi muddati 11 dekabr o'tib bo'ldi. Yakunda Kamerun termasi safida musobaqaga Pagu ro'yxatidagi futbolchilar tashrif buyurdi. Aynan u jamoani Afrika Kubogiga tayyorladi va termaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bosh murabbiy sifatida ko'rsatilmoqda. Shu bilan birga, VVS malumotiga qaraganda, Brisning Kamerun termasidagi taqdiri oxirigacha hal bo'lmagan. Rasman unga ish beruvchi mamlakat sport vazirligi va mazkur davlat organi hozircha federaciyaning bir tomonlama tartibda kelishuvni bekor qilishiga munosabat bildirgani yo'q.
"Taxminan bir haftada yangi murabbiy qanday qilib o'yin tizimini qura olishi, o'yinchilar maydonda o'zlarini erkin ifoda etishlari va yaxlit jamoa bo'lib o'ynashlari uchun sharoit yaratishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin", – dedi kamerunlik tahlilchi Ndjie Enou "BBC Sport Africa"ga intervyu chog'ida.

Prezident Eto’O – bu muammo
Samuel Eto’Oning Kamerun futbol Federaciyasi prezidenti lavozimidagi faoliyati – muntazam janjallar bilan bog'liq bo'lmoqda. JCH-2022da u blogerga tashlanib qolgandi. Keyinroq sobiq futbolchi bu harakatlari uchun uzr so'ragan. Iyun oyida esa Samuel Ispaniyada soliq bilan bog'liq jinoyatlari uchun 1 yil 10 yillik muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgandi.
Parallel ravishda nikohsiz dunyoga kelgan qizlari bilan bog'liq janjallar. Eto’O birinchi bolasini tan oldi, ammo aliment puli to'lashdan bosh tortdi. Keyin esa yana bitta qizi paydo bo'ldi va besh yil davomida aliment pullarini to'lamaganligi uchun otasiga qamoq jazosi so'rab chiqdi.
2023 yil Eto’O kelishilgan o'yinlarga aloqasi borlikda gumon qilindi. "The Athletic"ning yozishicha, federaciya rahbarini bundan tashqari xizmat imkoniyatlarini suistemol qilishda, korrupciya va o'ziga qarshi chiqqan insonlarga tahdid qilishda ham ayblangan. O'shanda Samuel istefoga chiqishga qaror qilgandi, lekin uning arizasi qabul qilinmadi. 2025 yil noyabr oyida esa Eto’Oni yangi muddatga saylashdi.
Bugun tunda Kamerun uchun qita kubogi start oladi, terma jamoa boshqa masalaku-ya, Samuel Eto’O bu turnirni qanday o'tkazarkin?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar