Martinesning sobiq klubi prezidenti o'yinchining "Barselona"ga o'tishiga ishonchi komil
25 may 2020 12:50
Yangiliklar
Martinesning sobiq klubi prezidenti o'yinchining "Barselona"ga o'tishiga ishonchi komil
Argentinaning "Rasing" klubi prezidenti rahbari Viktor Blanko Lautaro Martinesning "Barselona"ga o'tishiga ishonmoqda.
22 yoshli "Inter" hujumchisining sobiq klubi prezidentining so'zlariga ko'ra, Martines Ispaniyaga yo'l olishga yaqin.
"Lautaro Martines bilan anchadan buyon gaplashmayotgan bo'lsam ham, uning "Barselona"ga o'tishga yaqinligini bilaman. Biz hali ham ushbu transferdan klubimiz qancha olishini bilmaymiz, ammo eng muhimi futbolchining shakllanishi uchun katta hissamiz qo'shilgani ayon", - deydi Blanko.
Eslatib o'tamiz, "Rasing" Martinesni 2018 yilda "Inter"ga 25 million evro evaziga sotgan edi. Argentina klubi futbolchining keyingi transferidan ham malum miqdorda foiz oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar