Martinesning "Barselona"ga o'tish ishlari barbod bo'lishi mumkin
07 iyu 2020 16:43
Yangiliklar
Martinesning "Barselona"ga o'tish ishlari barbod bo'lishi mumkin
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Barselona"ga o'tmasligi mumkin.
"Marca" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar transfer uchun so'ralayotgan 111 million evro mablag'ni to'lay olishmaydi. "Barselona" ushbu transfer uchun "Inter"ga bir necha futbolchisini berishga tayyor turibdi. Biroq bu milanliklarga yoqmayapti.
Ushbu mavsumda 22 yoshli Martines "Inter" tarkibida barcha turnirlarda 31 o'yinda 16 gol urdi va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar