Marsel Markesh: "O'zbekiston terma jamoasi to'pga yaxshi egalik qildi. Terma jamoangizning jismoniy holati juda yaxshi"
07 sen 2024 09:55
Yangiliklar
Marsel Markesh: "O'zbekiston terma jamoasi to'pga yaxshi egalik qildi. Terma jamoangizning jismoniy holati juda yaxshi"
Braziliya terma jamoasi futzalchisi Marsel Markesh O'zbekistonga qarshi uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
"Juda yaxshi va kurashlarga boy uchrashuv bo'ldi. Raqibimiz jismoniy tomonlama kuchli jamoa ekan. Terma jamoangiz to'pga yaxshi egalik qildi va ancha zich himoyalandi. Jahon chempionatiga to'xtaladigan bo'lsak, biz bir necha kun oldin O'zbekistonga etib keldik va hozirgi kunda mundialga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Qiyin guruhdan joy oldik deb o'ylayman. Oson bo'lmagan uchrashuvlar kutib turibdi. Mundialda Argentina, Portugaliya, Ispaniya, Marokash va Franciya kabi juda kuchli terma jamoalar bor" - deya fikr bildirdi O'zbekiston darvozasiga 4ta gol kiritgan Marsel

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar