So’nggi yangiliklar

09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  2 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  1 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  4 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10

Markaziy o'yin g'olibi, zaxiradan tushgan legioner - Superligada 18-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Markaziy o'yin g'olibi, zaxiradan tushgan legioner - Superligada 18-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 18-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 18-turning eng yaxshi darvozaboni – Javog'ir Ilyosov (OKMK)

OKMK bu tur o'z maydonida "Surxon" bilan o'ynadi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv davomida olmaliqliklar posboni Javohir Ilyosov jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. SHu tariqa Ilyosov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 18-turning eng yaxshi murabbiyi – Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")

"Nasaf" Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" turning markaziy o'yinida Namangandan 3 ochko bilan qaytishdi. SHu tariqa "Nasaf" ustozi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 18-turning eng yaxshi futbolchisi – Andriya Filipovich ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu tur Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'ldi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi. SHu kuni "qaldirg'ochlar" safida zaxiradan maydonga tushgan Andriya Filipovich ikkita chiroyli gol urishga erishdi va jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Aynan Filipovich saytimiz talqiniga ko'ra 18-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 18-turning eng chiroyli goli muallifi – Oybek Rustamov (OKMK)

OKMK - "Surxon" uchrashuvining 88-daqiqasida Dilshod Ahmadalievning ajoyib uzatmasidan keyin Oybek Rustamov to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'llab, chiroyli gol urdi. Bu gol yakunda g'alaba goli ham bo'ldi. Aynan Rustamov tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.



 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика