Mario Kempes: "Messi qo'lidan kelganini qilmoqda"
23 iyu 2019 12:12
Yangiliklar
Mario Kempes: "Messi qo'lidan kelganini qilmoqda"
Argentina termasi tarkibida 1978 yili jahon chempioni bo'lgan Mario Kempes terma sardori Leo Messi haqida fikr bildirdi.
"Messisiz terma qanday bo'lardi? Nima uchun biz termani Messisiz tasavvur qilishimiz kerak? Aslini olganda termadagi barcha futbolchilar o'z klubida yorqin o'yinlar namoyish qilishmoqda. Demak, Messi ham qiynalmasligi kerak edi.
Leo yillar davomida termaga borini berdi, endi esa charchoqni his qilmoqda. U termada sovrin yutish uchun barchasini qildi.
Messi barcha muammolarni hal eta oladi demaslik kerak. U barcha yukni ko'tara olmaydi. Bu esa Argentinaning katta muammosi.
Uni almashtirib bo'lmaydi. Boshqa Messini topishning iloji yo'q. Biroq termani shug'ullantirib, yaxshi marralarga erishsa bo'ladi", - dedi Mario.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar