So’nggi yangiliklar

12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2

Manuchehr Safarov: "Faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. Bizda ortga yo'l yo'q edi" Yangiliklar

Manuchehr Safarov: "Faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. Bizda ortga yo'l yo'q edi"

Osiyo kubogi-2023 "A" guruh 3-tur doirasidagi Tojikiston - Livan (2:1) uchrashuvidan so'ng, "Neftchi" klubi va Tojikiston terma jamoalari futbolchisi Manuchehr Safarov saytimizga kichik intervyu berdi.

- Manuchehr, o'yin haqida nimalar deya olasiz? Tojikiston futboli tarixidagi eng yorqin uchrashuvlardan biri bo'ldi...

- Yaxshi uchrashuv guvohi bo'ldik. Qanday o'yin ko'rsatganimizni ko'rdingiz. Bizda hozir ajoyib terma jamoa bor, unda yaxshi o'yinchilar jamlangan. Keyingi bosqichga chiqishimizga ishongandik. Butun Tojikistonni tabriklayman. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga raxmat, bizni qo'llamaganlarga ham rahmat. 

- Ikkinchi turdan keyin futbolchilar bilan suhbatlashganimizda ulardagi ishonch yaqqol sezilib turgandi. Jamoada bu qadar yuqori ishonch qaerdan paydo bo'lgan?

- SHunchaki, bizda ortga yo'l yo'q edi. Bugungi o'yinga faqat g'alaba qozonish uchun tushgandik. 

- Nimchorak final o'yiniga qanday tayyorgarlik ko'rasizlar? Tojikiston o'z tarixida birinchi marta bu bosqichda o'ynaydi...

- Osiyo kubogida ham ilk marta ishtirok etyapmiz. Birinchi urinishning o'zida guruhdan chiqdik. Keyingi bosqich o'yiniga huddi bugungidek puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Nimchorak finalda oson raqib bo'lmasligi aniq. Oxirgi nafasimiz qolguncha kurashishda davom etamiz. 

- Tojikiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashuv bugungi o'yinga qanday tasir o'tkazdi?

- Prezidentimiz bugungi o'yinda faqat hujum qilish kerakligini takidladilar. Davlat rahbari bilan uchrashuv bizga motivaciya berdi.  Bugun o'zimizga topshirilgan vazifani alo darajada bajardik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика