Mane PSJga qarshi ilk o'yinda maydonga tushmaydi
23 jan 2023 21:20
Yangiliklar
Mane PSJga qarshi ilk o'yinda maydonga tushmaydi
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane CHempionlar ligasining 1/8 finalida PSJga qarshi dastlabki o'yinda maydonga tusha olmaydi.
Jurnalist Dani Gilning fikricha, senegallik forvard fevral oyida "Park de Prens" stadionida o'tadigan parijliklarga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Mane kuz faslining o'rtalarida Germaniya kubogi doirasidagi "Verder"ga qarshi o'yinda jarohat olgan va shu sabab Qatardagi jahon chempionatini o'tkazib yuborgandi.
Mane yozda Angliyaning "Liverpul" klubidan "Bavariya"ga o'tgandi. Transfer summasi taxminan 50 million evroni tashkil qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar