"Manchester Yunayted"ning 4 futbolchisi Saudiya Arabistoni klublariga taklif qilindi
19 dek 2023 19:28
Yangiliklar
"Manchester Yunayted"ning 4 futbolchisi Saudiya Arabistoni klublariga taklif qilindi
"Manchester Yunayted"ning bir qancha futbolchilari qishda Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin.
"Daily Mail" malumotiga ko'ra, mankunianliklar sport direktori Jon Merto shu oyda Saudiya Arabistoniga borgan va bir qancha futbolchilarining sotuvi borasida mahalliy klublar bilan muzokaralar o'tkazgan. Futbolchilar qatorida Jeydon Sancho, Rafael Varan, Antoni Marsyal va Kazemiro kabi nomlar qayd etilgan.
Biroq Merto biror klub bilan kelisha olmagan, muzokaralar esa keyinroqqa belgilangan. Yanvar oyida MYU katta maosh olayotgan bir qancha futbolchilarini sotib yuborish niyatida bo'lib turibdi. Ulardan eng asosiysi - Sancho.
SHuningdek, Varan, Kazemiro va Marsyal borasidagi takliflar ham o'ylab ko'riladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar