"Manchester Siti" va "Liverpul" raqobati MYU va "Arsenal" raqobati oldida hech narsa emas
13 mar 2024 19:22
Yangiliklar
"Manchester Siti" va "Liverpul" raqobati MYU va "Arsenal" raqobati oldida hech narsa emas
Yaqindagina "Sky Sports" ekspertlaridan biri Jeymi Karrager oxirgi yillardagi "Manchester Siti" va "Liverpul" raqobati tarixdagi eng zo'ri deb aytgandi.
O'z navbatida boshqa bir ekspert Gari Nevill unga javob qaytardi.
"Karragerning "Manchester Siti" jamoasining "Liverpul"ga qarshi kurashi tarixdagi eng zo'r qarama-qarshilik degan fikri haqorat hisoblanadi.
1998 yildan 2004 yilgacha "Arsenal" 3 bor, "Manchester Yunayted" esa 4 marta chempion bo'lgan. Bu qonli, chaqmoqli va sifatli to'qnashuvlar edi. Sen haqiqiy raqobatdan nimani kutsang ularni hammasi MYU va "Arsenal" raqobatida bor edi. Mana bu haqiqiy raqobat.
Oxirgi 6 yilda "Liverpul" bor yo'g'i bir marotaba bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Bu shunchaki safsata", - dedi Nevill.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar