"Manchester Siti" rahbari - "Real"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Peres meni 82-daqiqada tabrikladi. Futbolda bazida shunday ham bo'lib turadi"
31 may 2022 15:40
Yangiliklar
"Manchester Siti" rahbari - "Real"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Peres meni 82-daqiqada tabrikladi. Futbolda bazida shunday ham bo'lib turadi"
"Manchester Siti" direktorlar kengashi raisi Xaldon al Muborak "Real"ga qarshi CHempionlar Ligasi yarim final javob o'yinini Madrid klubi prezidenti Florentino Peres bilan ko'rganini esladi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" 1/2 finalning ilk o'yinida, uyida (4:3) g'alaba qozondi, javob o'yinida esa mehmonlar 90-daqiqada 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo so'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib yubordi va qo'shimcha daqiqalarda mag'lub bo'ldi - 1:3.
"Menga Florentinoning oldida bo'lish juda ham qiyin bo'ldi. Peres meni 82-daqiqada tabrikladi. Futbolda bazida shunday ham bo'lib turadi", - deydi al Muborak.
O’xshash yangiliklar
08:18
Sofascore. Al Vahda durang o'ynadi. Hojimat Erkinovning harakatlari necha bahoga loyiq ko'rildi? 0
Fikrlar