"Manchester Siti" Klaudio Echeverri bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi
28 dek 2023 11:40
Yangiliklar
"Manchester Siti" Klaudio Echeverri bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi
Argentinalik futbolchi uchun tovon puli 25 million evroni tashkil qiladi.
Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi Argentinaning "River Pleyt" klubi yarim himoyachisi Klaudio Echeverri transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi, deb xabar berdi Fabricio Romano.
17 yoshli hujumkor yarim himoyachining tovon puli 25 million evro ekanligi aytilmoqda. Klublar endi to'lov shartlari bo'yicha eng yaxshi echimni kelishib olishmoqda. Ushbu transferdan keyin Echeverri ijara asosida "River Pleyt"da qolishi kutilmoqda.
Klaudio Echeverri ushbu mavsum "River Pleyt" asosiy jamoasida debyut qildi va 6 ta o'yinda qatnashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar