Manba: O'zbekiston Kannavaroga Xitoyga qaraganda 8 baravar yuqori maosh taklif qilgan
06 okt 12:10
Yangiliklar
Manba: O'zbekiston Kannavaroga Xitoyga qaraganda 8 baravar yuqori maosh taklif qilgan
Xabaringiz bor, italiyalik "Oltin to'p" sohibi, hozirda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanayotgan Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoasi boshqaquviga kelishi kutilmoqda.
"Sport-Ekspress" nashrining yozishicha, 52 yoshli mutaxassis yiligi 4 mln evro maosh oladi.
Malumotlarga ko'ra, bundan avvvalroq Xitoy terma jamoasi Kannavaroga murabbiylik lavozimi uchun yiliga 500 ming evro taklif qilgan, biroq Chin o'lkasi sobiq bosh murabbiyi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan va yaxshiroq haq to'laydigan jamoa taklifini qabul qilgan.
Shu tariqa, Fabio Kannavaro terma jamoalar ichida dunyodagi eng yuqori maosh oladigan to'rtinchi murabbiyga aylanadi. Undan avvalgi o'rinlarda Karlo Anchelotti, Tomas Tuxel va Yulian Nagelsman joylashgan.
Avvalroq Kannavaroning so'nggi ish joyi – Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" klubidagi maoshi yiliga 1,5 mln evroni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar