So’nggi yangiliklar

09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  4 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5

Malla sochli ruminlarning ayanchli taqdiri Yangiliklar

Malla sochli ruminlarning ayanchli taqdiri

Teglar :  JCH-1998Ruminiya
Ruminiya terma jamoasi 90-yillarda juda katta shov-shuvlarga sabab bo'lganidan xabaringiz bor.

Jamoaning ko'zga ko'ringan, iqtidorli etakchilaridan biri George Xadji edi. O'sha avlod termasi ketma-ket uch marotaba Jahon CHempionatida ajoyib ishtirok etgan va jamoatchilik etiboriga sazovor bo'lgan. O'sha musobaqalarda ruminiyaliklar muntazam ravishda pley-off bosqichiga chiqqan. JCH-1990 guruh bosqichida Argentina terma jamoasidan o'zib ketishgan bo'lsa, JCH-1994da esa «oq-havoranglilar»ni xattoki, chorak finalga ham chiqishiga imkon qoldirishmagan edi. 4 yildan so'ng, Xadji boshchiligidagi jamoa, Kolumbiya va Angliya termalari bilan bo'lgan dastlabki ikki uchrashuvda g'alaba qozongan va guruh bosqichining so'nggi turidan avval pley-offga chiqqan.

Ammo, Franciyada bo'lib o'tgan JCH-1998da Ruminiya termasi nafaqat o'zining g'alabalari va juda chiroyli o'yini bilan ko'pchilikning yodida qolgan.

O'sha paytda Ruminiya terma jamoasi azolari, «kal» Bogdan Stelyadan tashqari, sochlarini sariq rangga bo'yab, maydonga tushishganini muxlislar yaxshi eslaydi. «Agar guruh bosqichidan chiqolsak, unda jamoamiz bilan qandaydir esda qolarli «qiliq» o'ylab topamiz deb kelishib olgandik. Ana shundan keyin, hammamiz sochimizni sariq rangga bo'yashga qaror qilganmiz, albatta mendan tashqari. CHunki u paytda mening sochlarim yo'q edi», — o'sha vaqtdagi shirin xotiralarni eslab shunday deydi Stelya.

Jamoada yana bir sochi yo'q vakil bor edi – bosh murabbiyi Angel Yordenesku. Avvaliga u ham sochini oldirishga rozi bo'lgandi. Lekin doim kepka kiyib yurgan. «U bizni aldadi! U o'z vadasida turolmadi», — deydi Bogdan.

Futbolchilarning «sochni bo'yash rejasi» jamoa ruxini ko'tarish uchun zarur edi, lekin amalda buning aksi bo'lib chiqdi va natijada ular o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'kotib qo'yishdi. SHundan so'ng, Ruminiya jamoasi Tunis termasi bilan bo'lgan uchrashuvda durrang (1:1) natijani qayd etib, birinchi o'rindan pley-offga chiqdi. Lekin, o'shandayoq jamoa o'yinidagi o'zgarish sezilgandi.

«Avvaliga bundan juda xursand edik, — deydi Stelya. — Ammo birozdan so'ng, hamma axmoqona chiqish qilganini tushunib etdi. Xattoki, unga yigitlarning turmush o'rtog'i ham norozilik bildirgandi. Bu haqiqatdan ham juda g'alati va axmoqona fikr bo'lgan ekan. Buni so'z bilan tariflashning iloji yo'q! 1/8 finalda Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o'yindan oldin Yordenesku o'yinchilar yana avvalgi holatiga qaytishini, bu o'yin natijasiga tasir qilishi mumkinligini takidlagan. Ammo futbolchilar bunga ortiqcha vaqt yo'qligini ro'kach qilganlar, xolos».

Yordenesku haq bo'lib chiqdi, xorvatlar Davor SHukerning penaltidan urgan goli evaziga zafar quchdi, Ruminiya termasi esa o'shandan buyon biror marta Jahon CHempionati final bosqichida ishtirok etmadi. Bunga «yorqin sariq rangli sochlar» aybdormi yoki aksincha… Nima bo'lganda ham, har holda Ruminiya termasining oltin avlodining mundialdagi so'nggi ishtiroki shunday yakun topgan edi.

FIFA saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика