Ter Stegen va "Barselona" o'rtasidagi munosabatlar taranglashganmi?
28 iyu 22:53
Yangiliklar
Ter Stegen va "Barselona" o'rtasidagi munosabatlar taranglashganmi?
Mark-Andre ter Stegen "Barselona" bilan munosabatlari qanday ekanini aytdi.
Katalon klubining darvozaboni operaciya qilinadigan Bordo shahriga yo'l olmoqda. Jurnalistlar futbolchini Barselona aeroportida uchratib, unga klub bilan ehtimoliy mojaro haqida savol berishdi.
"Klub bilan munosabatlarim yaxshi, har doimgidek, o'zgargani yo'q", – dedi ter Stegen.
Darvozabon o'zining jismoniy ahvoli haqida ham gapirdi.
"Agar operaciya qilish kerak bo'lsa, demak biror muammo bor, shunday emasmi?" – deb qayd etdi darvozabon.
Avvalroq, Kataloniya klubi ter Stegen bilan xayrlashishga tayyor ekanliklarini malum qilgandi. Uning “Barselona“ bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar