Manba: Tojikiston sobiq ustozi Segrt O'zbekiston terma jamoasi boshqaruviga kelishi kutilayotgan Lyovga yordam berishi mumkin
22 iyu 12:19
Yangiliklar
Manba: Tojikiston sobiq ustozi Segrt O'zbekiston terma jamoasi boshqaruviga kelishi kutilayotgan Lyovga yordam berishi mumkin
"Mendagi malumotlarga ko'ra, Tojikiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Petar Segrt germaniyalik mutaxassis O'zbekiston terma jamoasini qabul qilsa, Yoaxim Lyovning yordamchisi bo'lish imkoniyatini muhokama qilgan.
Segrt Tojikiston terma jamoasidan ketganidan keyin ish topa olmadi. Olayotgan takliflar shart-sharoit jihatidan unga mos kelmaydi. Balki Tojikistondan ham shunday takliflar kelgandir.
O'z navbatida, menga aytishlaricha, 65 yoshli Yoaxim Lyov so'nggi yillarda to'g'ri muloqot o'rnatishda muammolarga duch kelmoqda. Ehtimol, bu qisman uning uzoq tanaffusiga, shuningdek, Bundesliga klublari bilan ishlashni istamasligi bilan bog'liqdir, chunki shunday bo'lsa, doimiy ravishda odamlar bilan muloqot qilishiga to'g'ri kelardi.
Ko'rinib turibdiki, Segrt kerak bo'lsa, o'zining ochiqligi va Osiyoda ishlash tajribasi bilan Lyovga yordam bera oladi", – deyiladi Troickiy xabarida.

Avvalroq Petar Segrt Championat.asia muxbiri Abdulvosit Bektemirovga eksklyuziv intervyu bergan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar