So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  1 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  6 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Timur Kapadze: "Argentina va Urugvay bilan o'yin... Bu malumot haqiqatga yaqin" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Argentina va Urugvay bilan o'yin... Bu malumot haqiqatga yaqin"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze milliy jamoa bilan bog'liq bir qancha savollarga javob berdi.

- Oxirgi mish-mishlarga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasiga xorijdan murabbiy keladi degan gaplar bor.

- Bunga aniqlik kiritilmagan, hali associaciya bu haqida elon qilgani yo'q. Kim murabbiy bo'lishidan qatiy nazar terma jamoa jahon chempionatida yaxshi ishtirok etsa bo'ldi. Hozircha bosh murabbiy rolida menman, reja bo'yicha tayyorgarli ko'ryapmiz.

- Agar chetdan murabbiy kelsa, sizni yordamchi murabbiy sifatida olib qolishni xohlashsa bu taklifga qanday javob bergan bo'lardingiz?

- Bu borada biror narsa deyish qiyin. Yaxshi o'ylab, keyin bir qarorga kelaman.

- Sentyabr oyi uchun taqvimimiz malum. Terma jamoamiz oktyabr va noyabrdagi FIFA kunlarida ham o'rtoqlik o'yinlarini rejalashtiryapti. Qaysi jamoalar bilan o'ynashimiz aniq?

- Faqat sentyabr oyi uchun malum. Qolganlari haqida aniq malumot yo'q. Elon qilishsa, bilib olamiz.

- Eshitishimizcha, Argentina va Urugvay terma jamoalari bilan muzokaralar o'tkazilayotgan ekan...

- Bu malumot haqiqatga yaqin. Xitoy ushbu jamoalarni va bizni musobaqaga taklif qilgan. Ular kela oladimi, yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi.

- Qo'shni mamlakat saytlarida O'zbekiston - Qozog'iston o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi haqida yozishyapti. Bu bahs haqida qanday fikrdasiz?

- Bu o'yin ularning rejasida bordir, menda malumot yo'q. Associaciya bizga malumot bersa, birgalikda qaror qabul qilamiz.

- Avgust oyidagi CAFA musobaqasida terma jamoamiz ishtirok etadi. Bu turnirda milliy jamoa uchun yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazasizmi yoki Katanec tarkibi maydonga tushadimi?

- Albatta, bu turnirda terma jamoaga davogar bo'lganlarga imkoniyat beramiz. Ularni sinovdan o'tkazamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика