So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  0 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  14 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  156 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  5 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  1 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  11 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  2 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

Maldiv orollari ustozi: "Birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasiga o'nta gol urishimiz mumkin edi" Yangiliklar

Maldiv orollari ustozi: "Birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasiga o'nta gol urishimiz mumkin edi"

Osiyo Kubogi-2023 hal qiluvchi saralash bosqichining 3-turidan o'rin olgan Maldiv orollari – SHri-Lanka (1:0) uchrashuvidan so'ng Maldiv orollari bosh murabbiyi Franchesko Moreiro fikrlarini bildirdi.

"Ilk navbatda, yaratilgan shart-sharoitlar uchun O'FAga minnatdorchilik bildiraman. Tashkiliy ishlardan butun jamoa xursand", – dedi murabbiy.

- SHri-Lankaga qarshi so'nggi o'zaro o'yinda ko'p to'p kiritilgandi. Bugungi bahsda esa darvozalar atigi bir marotaba ishg'ol qilindi. Sizningcha, jamoaga nima etishmadi?

- O'yinda nimalar sodir bo'lganini juda yaxshi eslayman. Birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasiga o'nta to'p kiritishimiz mumkin edi. Avval aytganimdek, individual xatolarimiz bisyor, bu borada rivojlanishimiz kerak. Hujum chizig'imizda mahoratli o'yinchilar bor. Ular o'yin natijasiga tasir ko'rsatadigan harakatlar qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Fikrimcha, ilk o'yindan beri diqqat-etiborimizni yo'qotmadik. 

SHri-Lankaga qarshi o'yin qiyin o'tdi, raqib chuqur himoyalangan holda o'yin ko'rsatdi, ular safida baland bo'yli o'yinchilar bor edi. Bugun shogirdlarimdan tezkorlikni talab qildim, natijada gol urishga erishdik. Umuman olganda, jamoadan va natijamizdan mamnunman.

- O'zbekiston terma jamoasi qanday taassurot qoldirdi?

- O'zbekiston kuchli jamoa va yuqori sifatga ega. Biz futbolchilar bilan ko'p vaqt o'tkaza olmaymiz, shu bois qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика