So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  33 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  171 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Maksim SHackix: "Paxtakor"ning yaqin zaxirasini nimalarga qodirligini ko'rib oldik. Murabbiy esa har doim yomon" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Paxtakor"ning yaqin zaxirasini nimalarga qodirligini ko'rib oldik. Murabbiy esa har doim yomon"

Superliganing so'nggi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" (2:0) uchrashuvidan so'ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim SHackix fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun yomon o'ynamadik. Vaziyatlarni realizaciya qilishda oqsadik. Golsiz esa albatta nimadir qilish qiyin",- deydi SHackix.


- "Paxtakor" uchun bugungi o'yin hech qanday ahamiyatga ega emasdi. Bu narsa motivaciyaga to'sqinlik qilmadimi?

- Motivaciya nima uchun bo'lmasligi kerak? Bugungi tarkibni ko'rdingiz, bugun asosiy jamoaning zaxirasini nimalarga qodirligini ko'rmoqchi edik. "Paxtakor" tarkibidagi aksariyat futbolchilar  futbolchilik sifatlariga ega bo'lmagan tarzda suniy ravishda ushlanib turibdi. SHuning uchun to'g'ri xulosa qilsak oldinga rivojlanamiz. Men gapimga javob beraman. Murabbiy esa har doim yomon. Futbolchilar o'zining o'yinini tahlil qilmasa, xulosa chiqarmasa o'sishga erishmaydi. Bu haqida doim gapiraman. Bugun ham o'yindan oldin aytdim. Yaxshi maydon va shunga mos raqib. Marhamat o'zingizni ko'rsating. Takrorlayman yomon o'ynamadik. Futbolchilarda qaerdadir mahorat etishmadi.  Bugun ular o'z harakatlarini tahlil qilsa, ertaga boshqacha bo'lib tushadi. 

- Jamoaning yoshlar va o'rinbosarlari chempion bo'ldi. "Paxtakor"da ertangi kun uchun yaxshi zaxira etishib chiqmoqda. Ularni kuzatyapsizmi? Jamoani yoshartirish jarayonida tarkibda 2-3 nafar yoshi katta futbolchilar ham bo'lishi kerak deb o'ylayman... 

- Bugun o'ynagan yoshlarimiz eng yaqin zaxiramiz hisoblanadi. U-19, U-21 chempion bo'lgani yaxshi albatta. O'rinbosarlarning barcha o'yinlarini kuzatib boraman. Siz U-19 o'yinini ko'rdingizmi?

- Final uchrashuvini stadiondan kuzatdim...

- 2007 yillar o'zidan kattalar bilan bitta ligada o'ynamoqda. Buning natijasini ko'ramiz, chunki U-19 va U-21, asosiy jamoa bir-biridan farq qiladi. Futbolchi o'sishni istasa atrof muhitini o'zgartirishi kerak. Faqat bizda emas, boshqa davlatdarda ham shunday. Hayotga bo'lgan qarashini o'zgartirishi kerak. O'zining maqsadlarini to'g'ri qo'yishi lozim. Kim birinchi jamoaga qo'shiladi? Buni vaqt davomida ko'ramiz. O'rinbosarlardagi hammani bilaman.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика