Maksim SHackix: "Jamoa o'yinidan qoniqdim, g'alaba bizga zarur edi"
29 noy 2023 09:06
Yangiliklar
Maksim SHackix: "Jamoa o'yinidan qoniqdim, g'alaba bizga zarur edi"
"Al Ayn" 3:1 hisobida mag'lub etilgan bahsdan keyin Maksim SHackix va o'yinning eng yaxshi futbolchisi Hojimat Erkinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
SHackix: - Jamoalar yaxshi o'ynagan futbolga guvoh bo'ldik. Hujumkor va muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Biz bellashuvni nazorat qildik. G'alaba qozonishimiz zarur edi va unga erishdik. Yigitlarning o'yinidan to'liq qoniqish hosil qildim. "Al Ayn" tarkibida o'zgarishlar bo'lishini bilgandik. Ular ikki kun avval chempionatda muhim uchrashuvda maydonga tushishgandi. Ikkinchi bo'limda suratni oshirdik va uchta gol bilan g'alaba qozondik.
Erkinov: - Imkoniyatni saqlab qolish uchun yutishimiz kerak edi. Birinchi gol o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, keyin o'yinga qayta oldik. Ko'plab hujumlar uyushtirib, uchta to'p kiritdik. Ishqibozlarni xursand etdik. Imkoniyat bor va undan foydalanishga urinamiz.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar