Maksim Shackix: "Futbolchilarimiz uchun xursandman, jamoam ko'rsatgan o'yin menga yoqdi"
01 noy 21:48
Yangiliklar
Maksim Shackix: "Futbolchilarimiz uchun xursandman, jamoam ko'rsatgan o'yin menga yoqdi"
- O'yin haqida fikringiz?
- To'g'risini aytaman, jamoamiz ko'rsatgan o'yin menga yoqdi. Yigitlar berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishga harakat qilishdi. Balki ko'p xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirmagandirmiz, ammo to'p nazorati hamda maydonda o'zini tutish bo'yicha yaxshi harakat qildik. Yigitlar uchun xursandman. Bugun yaxshi jamoaga qarshi, bo'lib ham O'zbekiston Kubogi finalchisi bilan kurash olib bordik. Futbolchilarimizga yaxshi o'yin uchun rahmat aytib qolaman.
- Bugungi bahsda jamoangiz g'alaba qozonishi uchun nima etishmadi?
- Gollar etishmadi. Yutish uchun gol urish kerak va darvozadan o'tkazmaslik lozim.
- Bugun faqat ikki nafar futbolchi zaxiradan tushdi. Boshqalarning o'yini qoniqtirdimi?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, jamoamizning harakati menga maqul keldi. Maydonga tushgan hamma o'z kuchini ko'rsatishga harakat qildi.
- Jamoaning keyingi uchrashuvi OCHL 2 doirasida Bahrayn jamoasiga qarshi kechadi. Yigitlar bu o'yinga tayyormi?
- Barcha futbolchilarimiz sog'ayib umumjamoa bilan mashg'ulot borayotganidan xursandman. Mamatkazin va Zoteev safga qaytishdi. Bu eng muhimi. Zoteev biz Bahraynga uchadi, Mamatkazinga esa biroz vaqt kerak, chunki u umumiy mashg'ulotga kech qo'shildi. Balki uni ertaga U-21 jamoamiz safida 45 daqiqa o'ynatarmiz.
- Otabek Jo'raqo'zievning o'yinidan qoniqish hosil qilyapsizmi?
- Shaxsan men ha. Balki uning maydondagi ishi ko'zga ko'rinmayotgandir, lekin men hammasini ko'rib-bilib turibman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar
Кимда малумот бор.