So’nggi yangiliklar

16:17Дилшод Ирсалиев қайси жамоа жаҳон чемпионлигини қўлга киритишини айтди  0 16:00Суперлига. Черан туғилган кунида "Динамо" дарвозасига учта гол киритиб, "Пахтакор"га муҳим ғалабани тақдим этди  50 15:39Баҳодир Аҳмедов: "Ўзбекистонга юлдузлар ташрифи кўпайса, футзал янада ривожланади"  0 15:30А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Кальяри"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  3 13:40Фарҳод Соҳибжонов: "Бу биз учун сўнгги финал эмас. Юрагим бироз оғриб қолди"  1 13:37Алонсо Бундеслигадаги 68% ўйинни ютди. Фақатгина Пеп, Флик ва Анчелоттида кўрсаткич ундан яхшироқ  4 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  1 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  12 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  9 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0

Maksim SHackix: "Biz ham chempionlar ligasini yutishni xohlaymiz, ammo mo'jizalar ro'y bermaydi. "Al-Vasl" mahorat jihatidan ustunroq ekanligi sezildi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Biz ham chempionlar ligasini yutishni xohlaymiz, ammo mo'jizalar ro'y bermaydi. "Al-Vasl" mahorat jihatidan ustunroq ekanligi sezildi"

Elit Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al-Vasl" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Boshqa darajali jamoaga qarshi o'ynadik. Raqibimiz bizdan kuchliroq edi, raqib safidagi futbolchilarning mahorati biznikidan yuqoriroq edi. SHunday sharoitda ham, ochko olishimiz mumkin edi. Ancha vaqtdan beri bunday kuchli jamoaga qarshi o'ynamagandik. Raqib o'yinini ko'rgandik va tahlil qilgandik. Raqibimiz standart vaziyatlardan yaxshi foydalana olishini ham bilardik. Yo'q joydan gol  o'tkazib yubordik. Raqib bizdan mahoratliroq edi, afsuski. O'yinda kamroq vaziyatlar yaratdik, bunga sabab raqibning bizda ustunroq va kuchliroq bo'lgani" - deya fikr bildirdi Maksim SHackix

- Bugun raqib mahorat jihatidan sizning jamoangizdan ustun bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo "Paxtakor" bugungi uchrashuvda o'z vaziyatlariga ega bo'ldi. Masalan, "Neftchi"ga qarshi kechgan uchrashuvda jamoangiz raqib darvozasiga deyarli xavf tug'dira olmagandi. "Paxtakor" uchun, o'zi ham o'ynaydigan va raqib jamoaga ham ochiq o'yin taklif qiladigan jamoalarga qarshi o'ynash qulayroqmi?

- Raqib bugun bizni ko'p qiynagani yo'q, ular asosan bizning xatolarimizni kutishdi. Biz esa buni tez payqadik va yigitlarga hushyorroq bo'lishni aytdim. Himoyada esa ular 3-4-1 taktik sxemasiga o'tib olishdi. Bunday zich himoyani yorib o'tish qiyin edi. SHuningdek, "Al-Vasl" futbolchilarining jismoniy holati biznikidan yaxshiroq edi. Hechqisi yo'q, bunday o'yinlar orqali tajriba to'plab boramiz. Bu bor-yo'g'i birinchi uchrashuv edi. Keyingi uchrashuvlarimizga etibor qaratamiz.

- "Paxtakor" o'yinning so'nggi 10-15 daqiqasida ancha jonlanib qoldi va agressiv futbol namoyish eta boshladi. Dastlabki daqiqalardanoq bunday o'ynasa bo'lmasmidi?

- Agressiv degan so'zning manosi ham turli. Yana bir bor takrorlayman, raqib bizdan kuchliroq edi, barcha jihatlarda. O'zingiz ko'rdingiz, "Al-Vasl"ning qanotdan amalga oshirilgan barcha uzatmalari aniq bo'ldi. Bunday aniqlik uchun katta tajriba talab etiladi. Bizda esa bunday individual mahorat yo'q.

- "Paxtakor"ning keyingi raqibi Tehronning "Persepolis" jamoasi bo'ladi. Keyingi raqib haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- "Persepolis" kecha "Al-Ahli"ga qarshi bahs olib bordi. SHu uchrashuvni to'liq tomosha qildim. "Persepolis" juda tezkor jamoa ekan. "Al-Ahli" o'z uyida o'ynagan bo'lsa ham, deyarli vaziyatlar yarata olmadi. Oston Urunov ham juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Urunovning "Persepolis"dagi o'yinini birinchi marotaba tomosha qildim. Oston "Persepolis"ning etakchisi deb o'ylayman, hujumda xavfni faqatgina Oston yaratmoqda. Eronga safarimizdan oldin Superliga o'yinlari bor. Avvalambor, mahalliy chempionatdagi bahslarga etibor qaratishimiz kerak.

- "Al-Vasl" bosh murabbiyi matbuot anjumanida "Paxtakor" meni hayron qoldirmadi, ammo tarkibdagi yagona o'zgarish qilingan ekan, deya fikr bildirib o'tdi. "Al-Vasl" jamoasi bugun siz uchun qandaydir "syurpriz" taqdim etdimi?

- Hech qanday "syurpriz" bo'lmadi. Bir narsani yodda tuting, "Al-Vasl" o'z chempionatida bor-yo'g'i ikkita uchrashuv o'tkazdi. 13 sentyabr kuni ular "Al-Ayn"ga qarshi bahs olib borishlari kerak edi, ammo o'sha uchrashuv qoldirildi. Biz esa bir necha kun avval juda qiyin uchrashuv o'tkazdik. Ular o'z o'yinini qoldirishdi, biz esa maydonga chiqdik. Maydon holati ham yaxshi emas edi. Jamoam bugun yaxshi o'yin namoyish etdi va futbolchilarga hech qanday etirozim yo'q.



- "Al-Vasl" bugun zich himoyalandi deb aytib o'tdingiz, ammo o'yindan oldingi matbuot anjumanida ertangi uchrashuvga bir nechta reja tayyorlab qo'yganmiz deb aytgandingiz. Raqibning zich himoyasini yorib o'tishga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Bunday darajali o'yinlarda barchasini bir dona yoki yarim vaziyat hal qiladi. Agar bir dona vaziyatdan foydalanib keta olsangiz ijobiy natijaga erishishingiz mumkin. Bunday o'yinlarda ko'p vaziyatlar yaratish qiyin masala, shu sababli bor vaziyatdan foydalanish kerak. Afsuski, biz bu masalada muammolarga duch kelmoqdamiz.

- Realizaciya haqida gapirib o'tdingiz. "Paxtakor" bugun qanotdan ko'p uzatmalarni amalga oshirdi, lekin ushbu uzatmalarni yakunlaydigan hujumchi topilmadi. CHempionat o'yinlari davomida ham, ko'p marotaba realizaciya oqsayotgani haqida takidlab o'tgandingiz. Balki "Paxtakor"ga yaxshi markaziy hujumchi etishmayotgandir? Ushbu poziciyada muammo bordek tuyulmoqda?

- Afsuski, hozircha bunday hujumchimiz yo'q. Vaziyatlarni yakunlaydigan va raqibga darvozasiga muntazam xavf tug'diradigan hujumchi etishmayapti.

- "Al-Vasl" jamoasi BAA chempioni, "Paxtakor" esa O'zbekiston chempioni. SHuningdek, ikki jamoa safida ham terma jamoa futbolchilari bor. BAA terma jamoasi JCH-2026 saralashidagi keyingi raqibimiz. BAA terma jamoasi haqida va "Al-Vasl" haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- BAA terma jamoasi safida legionerlar juda ko'p. Jamoa deyarli to'liq legionerlardan tashkil topgan. Bizning terma jamoamiz BAA kuchsiz deb o'ylamayman. O'yin barchasini ko'rsatadi. O'zingiz bilasiz, biz tarkibimizni yoshartirib yubordik. Bugun imkon qadar, xalqaro maydonda tajribaga ega bo'lgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Qolgan futbolchilar esa, OCHL bahslarini faqatgina televizor orqali tomosha qilishgan. Barcha futbolchilarga imkon qadar o'yin vaqtini taqdim etishga harakat qilamiz. Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda, qaysi darajada ekanligimizni bilib olamiz. Biz o'z yo'limizni tanladik va ortga yo'l yo'q. Bunday musobaqalar orqali sekin-astalik bilan tajriba orttirib boramiz. Superligadagi o'yinlar orqali katta o'sishga erishishning iloji yo'q. Har bir uchrashuvda kurashamiz. Bu bor-yo'g'i birinchi tur edi. Futbolni tushungan inson qanday holatda ekanligimizni biladi. Men avvalroq ham aytib o'tdim, raqib bizdan kuchliroq edi. Bu fakt. Xatolar ustida ishlashda davom etamiz. Mavsum avvalida muxlislardan sabrliroq bo'lishlarini so'ragandim. Biz ham chempionlar ligasini yutishni istaymiz, ammo real hayotda mo'jizalar ro'y bermaydi. Bugun durang qayd etishga haqli edik deb o'ylayman. Yigitlar bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi va ularga hech qanday etirozim yo'q.



Reyting: -19   

Fikrlar

+3   
17 sen 23:42:19
Аббосхужа
Боримиз шу деяқол. Мўъжиза деб нимани кўзда тутгандинг? Пенальтиними?
+2   
18 sen 02:59:54
Liverol Motor Oil
Farhod__bek1990 foydalanuvchining fikriga javob berish
Paxtakor va Cheran o'yinni qanchaga sotgan-a
Сотган???
Э қуйсангизчи,ким булардан натижа сотиб олади.
Араблар от души хохласа 5 та гол хам уриб кетган буларди.
+2   
17 sen 23:55:29
O'ZBEK futbol fanati
Surxondan yeganing esinga tushdimi Maksim ? Kim sani trener qildi ? San hali jója sanu , aa bundo talab qóyshni organ Elit ligani soqosi yaxshiyu , norm óyinchilar olish kk edi alijonov palijonov qmasdan
+2   
17 sen 23:38:16
Shaxzodbek Yusupov
Ukraina sal tinchisayoq hisob chamadoningni olib qochasan. Paxtakor haqida oʻy fikrlar ikkinchi daraja. Jamoa Faqat cheranga bogʻlangan. Murabbiy chizmalari yoʻq umuman
+1   
17 sen 23:50:19
Football Forever
E maks jaa unchalik baxo bervorma bularga! Shunchalik qo‘rqib qobsan asabni yemasdan bo‘ldi aniq yutqazamiz dib maydonga tushme qo‘yormabsan! Kuchli, o‘ta kuchli, vabshe kuchli biz slabiymiz ... O‘zbekiston chempioni bu kamanda Pahtakor digan nomi bor hech kimdan qo'rqishi keremas buni san tushintirishin keregidi bollarga!!! Bu formani qadrini his qilib kopzida olov bilan chiqishi kere bular maydonga! Ishtonni xo‘llabmas!!! Yaxshiyam Al Xilol, Al Nasr, Al Aynlar bilan 1 guruhga tuahmabti ularga nima dirdi bu masxaraboz? Ko‘rasan bu endi nomi chiqqan al vaslni boshqa kamandala qande ezib o‘tib ketishini.. E duxinga sani Maks.. Neftchi muhlisi
+1   
17 sen 23:45:49
mirabzal
Олдиндан билардингку ракиб кучлилигини шунга яраша тайёр бу́лиш керегиди ундан ку́ра аклим етмади дибкой
   
18 sen 17:02:23
Leverpul Barselona
Botir Saidov foydalanuvchining fikriga javob berish
Òzini yozganinga javob bet gappi aylantirma qanaqa Al vakra???Futbolli F xarfini şunmisan birovga tuxmat bòxton qilib saytda janjal kòtarişdan boşqaga yaramisan...kòtinga lozim işton kiyvol "ERKAK"...xakamlaga tuxmat qima kirib ketasan kerakli joyga..
Пахтакор кеча элит лига да уз майдонида галаба козондими унда 1:0 хисобида жаноби футбол профессор и Узбекистон ни осиё футбол майдонида хурматини кутариб юрибдими доими галабалари билан осиё чемпионлар лигасида хар йил катнашиб камида йук деганида натижа бу йил паст булди деганида осиё чемпионлари лигасини финалчиси булар эдими Пахтакор
   
18 sen 12:44:21
Botir Saidov
Leverpul Barselona foydalanuvchining fikriga javob berish
Жаа а Анник далил борми анник Далил Пахтакор :Ал Вакра 0:1 ЖАР стадион ни таблосига каранг
Òzini yozganinga javob bet gappi aylantirma qanaqa Al vakra???Futbolli F xarfini şunmisan birovga tuxmat bòxton qilib saytda janjal kòtarişdan boşqaga yaramisan...kòtinga lozim işton kiyvol "ERKAK"...xakamlaga tuxmat qima kirib ketasan kerakli joyga..
   
18 sen 11:54:40
Leverpul Barselona
Botir Saidov foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакор га охирги учрашувлар да Бутун бошли Хакамлар гурухи етишмовчилиги кузатилмаокда Темур Тухтасинов Азиз Асимов Аскер Нажафалев Акобир Шукуриллаев Илгиз Танташев га ухшаган ватан хоинлари соткин судя VAR чилар керак...şu yozib òtgan xakamlarga nisbatan aniq fakt dalil isbotiz bormi vatan xoini debsiz...nimaga asoslanib yozvossiz...aniq fakt daliliz bòmasa şu insonlar ustizdan prokraturaga murojat qilsa javob bera olasizmi???
Жаа а Анник далил борми анник Далил Пахтакор :Ал Вакра 0:1 ЖАР стадион ни таблосига каранг
   
18 sen 10:44:10
Pakhtakor
Максим булдида энди. Качонгача бахона киласан? 2 йилдан бери бош тренерсан. Тузукрок легионер хам обкелтиролмадин. Хар сафар кишда яхши савиядаги легионер топиш кийин дединг, ёзда умуман легионер олиб келмадинг. Тренер булганингдан кейин талаб килишни хам билиш керакда. Пахтакор рахбарияти качонгача чидамокчи. Пахтакор уйинида узгариш йук
   
18 sen 10:39:47
Farhod__bek1990
Liverol Motor Oil foydalanuvchining fikriga javob berish
Сотган??? Э қуйсангизчи,ким булардан натижа сотиб олади. Араблар от души хохласа 5 та гол хам уриб кетган буларди.
Yurt nomidan munosib qatnashishsa yaxshi bo'lardi. O'zbekiston chempioni degan nomi bor
   
18 sen 09:55:17
Botir Saidov
Leverpul Barselona foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакор га охирги учрашувлар да Бутун бошли Хакамлар гурухи етишмовчилиги кузатилмаокда Темур Тухтасинов Азиз Асимов Аскер Нажафалев Акобир Шукуриллаев Илгиз Танташев га ухшаган ватан хоинлари соткин судя VAR чилар керак Пахтакор га мужиза деб шу юкоридаги муср ларни эслаб утган булса керак ундан ташкари Ал Васл ни мураббий Самвел Бабаян га ухшаган Навбахор да ишласа хам Пахтакор ни яхши натижаси си учун ишлайдигон эмас шунака мужиза кутган Максим Шацких зур ишлаяапсан Макс жон омад сенга Пахтакор да тошдай котиб колгин сени жойиниг Пахтакор да сен узингни яхши хис киляапсан Пахтакор да хеч хам чалгима агар Темур Кападзе Пахтакор га келиб иш бошлса хурмати тушиб кетади хозир канчча мухлиси булса хам Темур ни агар Пахтакор га мураббий булса 50 та мухлиси колади хуллас бу йил Насаф чемпион бугун Олга Насаф
Пахтакор га охирги учрашувлар да Бутун бошли Хакамлар гурухи етишмовчилиги кузатилмаокда Темур Тухтасинов Азиз Асимов Аскер Нажафалев Акобир Шукуриллаев Илгиз Танташев га ухшаган ватан хоинлари соткин судя VAR чилар керак...şu yozib òtgan xakamlarga nisbatan aniq fakt dalil isbotiz bormi vatan xoini debsiz...nimaga asoslanib yozvossiz...aniq fakt daliliz bòmasa şu insonlar ustizdan prokraturaga murojat qilsa javob bera olasizmi???
   
18 sen 07:11:38
Abdusalom Mirzayev
Пахтакор рахбарияти Максим Шацких бир тийинга қиммат мураббий эканлигини қанчалик тез тушуниб ўрнига тузук мураббий тайинласа шунча яхши бўлади.
   
18 sen 06:15:02
Kola Liga
Шаские 100% хак ракиб клас борасида пахтакордан анча кучли эканини уйин курсатиб турди колаверса улардаги номлар хам уларни кимлигини айтиб турибди,голдан кейин пахтакор жонланди дейди битта тупой журналист.гол уриб олгач деярли барча жамоалар ортга чекинади Ал Васл хам ортга чекиниб карши хужим тактикаасига утиб олди пахтакор хеч канакасига жонлангани йук проста араблар голдан кейин онгли равишда 2чи ракам остига утиб олиб уйнашди
   
18 sen 01:21:06
Rasul Matkarimov
Cheranning maoshi adashmasam 350min evro deb eshitgandim yiliga albatta....Solishtirish uchun Superligada ketma ket topurarlikni bermay kelayapdi tugri lekin Masuliyatli joyi Osiyo championlar ligasida korinmayapdi...Dinamodagi Ratinhoni oxirgi kelganni Surhondan ketgan Silvanus Nimelini olsa Sogdiyonadan Lyupcho Dorievni olsa xam Shu Cherandan kop foydasi tegadi yoki umuman Ceransizam oynasa zarardan kop foydaga qolar edi...Yaqinda Beshiktoshdagi Vincent Aboubakar qaerga otishini bilmay Hataysporga borib qoshildi Shu xam Yiliga bunchalik maosh olmaydi...Shuni chaqirib shunga shu maoshni bersa xam oynardi Narmalni evropa maydonlarini korgan legionerla tiqilib yotibdi Shu Cerandaj kechaqosin endi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика