Mak Allister tig'iz grafik haqida: "Kloppning taktika bo'yicha mashg'ulotlarida uxlab qolay dedim"
26 noy 2023 21:00
Yangiliklar
Mak Allister tig'iz grafik haqida: "Kloppning taktika bo'yicha mashg'ulotlarida uxlab qolay dedim"
Yarim himoyachi hozirgi taqvimda juda qiynalayotgani haqida gapirdi.
"Liverpul" klubi futbolchisi Aleksis Mak Allister mavsumdagi juda tig'iz taqvimni tanqid qildi. Bundan tashqari "Manchester Siti" bilan o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"To'g'risini aytsam, bunaqa rejimda o'ynash juda qiyin bo'lyapti. "Man Siti"ga qarshi o'yindan oldin murabbiy qanday uslubda o'ynashimiz kerakligi haqidagi taktik mashg'ulot o'tkazdi. Men esa o'sha erda uxlab qolay dedim.
Bu juda qiyin. Vaqt mintaqalarining o'zgarishi, uzoq parvozlar – vaziyat shunday. "Siti"ga qarshi o'yin juda qiyin bo'ldi. Ular kuchli jamoa. Natija adolatli bo'ldi. Raqib to'p bilan ko'proq muomala qildi, ammo vaziyat yaratishda unchalik ham ustunlikka erishishmadi", -deydi Aleksis Mak Allister.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar