Luis Kachorri: "Mavsum davomida imkon qadar ko'proq gol urmoqchiman. To'xtashni xohlamayman"
29 mar 11:30
Yangiliklar
Luis Kachorri: "Mavsum davomida imkon qadar ko'proq gol urmoqchiman. To'xtashni xohlamayman"
"Yaxshi o'yin bo'ldi, biz ham yaxshi o'ynadik. Men gol urdim, menda hammasi joyida. Qisqa qilib aytganda, o'ynadik, imkoniyatlar yaratdik, gollar urdik, bundan xursandman.
Men o'z kuchimga ishonaman va shunga yarasha harakat qilaman. Olisdan zarbalar yo'llash borasida bu safargi urinishlarim yaxshi chiqdi. Yana shunday tarzda chiroyli gollar urishga umid qilaman, chunki jarima maydonidan tashqarisidan gol urish tariflab bo'lmas darajada his-tuyg'u bag'ishlaydi.
Penalti tepish bo'yicha qarorga kelsak, murabbiy Imedani tanladi va men bu qarorni hurmat qilaman. Ehtimol, keyingi safar bu masuliyatli vazifani yana menga ishonishar. Penalti tepadigan futbolchini murabbiy belgilaydi va biz uning qaroriga hurmat bilan yondashamiz.
Mavsum davomida imkon qadar ko'proq gol urmoqchiman. Keyingi o'yindan boshlab yana gol urmoqchiman. To'xtashni xohlamayman", dedi uchrashuvda dubl qayd etgan hujumchi.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor"ning albaniyalik hujumchisi uch o'yinda 4 ta gol urgan holda to'purarlar jadvalida etakchilik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar