Luis Enrike JCH-2022 ning 2 ta favoritini ajratib ko'rsatdi
12 iyu 2022 20:20
Yangiliklar
Luis Enrike JCH-2022 ning 2 ta favoritini ajratib ko'rsatdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi Jahon chempionatining ikkita favoritini aytdi.
Unga ko'ra, ikki terma jamoa qolgan jamoalardan ajralib turadi.
"Argentina qolganlardan yuqoriroq. Braziliya ham. Braziliya haqida ham gapirayotganimning boisi Braziliya OAV jurnalistlari kelib: "Siz Argentinani bizdan yuqoriga qo'ydingiz", demasligi uchundir. Xullas, Argentina va Braziliya qolganlardan ustun ko'rinmoqda", – dedi Enrike.
Eslatib o'tamiz, Argentina Jahon chempionatida "C" guruhida Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan o'ynaydi.
Braziliya terma jamoasi esa "G" kvartetida Serbiya, SHveycariya va Kamerunga qarshi bahs olib boradi.
Mundial 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar