So’nggi yangiliklar

21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  5 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  6 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  4 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   7 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  1 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  0 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0 15:29Ўзбекистон Эронга қарши қандай рангдаги либосда ҳаракат қилади?  15 15:01Қозоғистондаги энг қиммат стадион? Актобедаги янги аренанинг нархи эълон қилинди  14 14:36"Барса" ёзда Левандовскининг ўрнига топ-форвардни сотиб олишни ўйламоқда, номзодлар ҳам маълум  8 14:08Каземиро: "Реал" учун қайғуришга вақтим йўқ"  4 13:13Ферран Торрес Испания терма жамоасидаги 23-голини урди ва Рамос ҳамда Ди Стефанога етиб олди  3

"Lokomotiv" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: 15 nafar yangi futbolchi, to'liq yangilangan tarkib va "de-fakto" bosh murabbiy Yangiliklar

"Lokomotiv" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: 15 nafar yangi futbolchi, to'liq yangilangan tarkib va "de-fakto" bosh murabbiy

Championat.asia har bir klub qishki tanaffusda qanday o'zgargani haqida malumot berishda davom etadi. Navbat Superligaga qaytgan "Lokomotiv"ga

Tarkib va transferlar

"Lokomotiv" Superligaga qaytganidan so'ng jamoa tarkibini tubdan o'zgartirdi. Jamoa o'z safiga naqd 15 nafar futbolchini qo'shib oldi. "Temiryo'lchilar" o'z safiga Sanjar Tursunov, Anzur Ismoilov, Izatilla Abdullaev va Suhrob Sultonov kabi tajribali futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. "Lokomotiv" yangi mavsum oldidan jami 15 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Tarkibdagi bunday katta o'zgarishlar jamoaning Superligaga puhta tayyorgarlik ko'rganidan dalolat beradi, ammo tajribali futbolchilar jamoaga kelishidan tashqari mavsum yakuniga ko'ra "Lokomotiv" tarkibini bir nechta asosiy futbolchilar tark etishdi. Jamoani tark etganlar safida Oleg Zoteev, Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Manuchehr Safarov, Boyan Naydenov kabi jamoaning asosiy tarkibidan joy olgan va "Lokomotiv" safida uzoq muddat to'p tepgan futbolchilar bor. Yo'qotishlarga qaramay "temiryo'lchilar" yangi mavsum oldidan kuchayishdi.

"Lokomotiv" jamoasining yangi futbolchilari: Izzatilla Abdullaev, Ivan Rogach, Abdulazizxon Abdurashidov, Anzur Ismoilov, Sardor Abdunabiev, Suhrob Sultonov, Damyan Krayishnik, Muhammadanas Hasanov, Sanjar Tursunov, Ivan Bulatovich, To'lqin Ergashev, Dilshod Komilov, Jasur Hakimov, Sobit Sindarov, Artyom Miftiev

"Lokomotiv" safini tark etganlar: Jaloliddin Jumaboev, Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Maruf Jumaev, Samuel Ope, Manuchehr Safarov, Mahdi Abduraimov, Ivan Solovev, Boyan Naydenov, Sime Zuzul, Zafar Safoev, Jasurbek Xoldorov, Islom Rashidxonov, Oleg Zoteev, Rustam Soirov


Yig'inlar va o'rtoqlik uchrashuv natijalari

"Lokomotiv" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni 9-yanvar kuni Toshkentda boshladi. Yig'inning dastlabki qismi Toshkentda, "temiryo'lchilarning" bazasida o'tkazilgan bo'lsa, 7-fevral sanasida jamoa Antaliyaga uchib ketdi va ikki hafta davomida Turkiyada o'quv mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi. SHuningdek, "Lokomotiv" U21 jamoasi ham asosiy jamoa kabi Antaliyada yig'in o'tkazdi. Antaliyadagi yig'in doirasida "Lokomotiv" beshta nazorat o'yinida ishtirok etdi.

11.02.2024

"Lokomotiv" - "Volga"(Rossiya) 0:2

14.02.2024

"Lokomotiv" - "Petrokub"(Moldova) 1:1

17.02.2024

"Lokomotiv" - "Turon"(Qozog'iston) 1:1

20.02.2024

"Lokomotiv" - "Veles"(Rossiya) 0:2

20.02.2024

"Lokomotiv" - "Kuban"(Rossiya) 3:0

Murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar

Yangi mavsum boshlanishidan avval "Lokomotiv" murabbiylar shtabida ham katta o'zgarishlar ro'y berdi. "Temiryo'lchilar"ni Pro-Liga chempioni qilgan bosh murabbiy Denis Korostichenko o'z lavozimini tark etdi, vakant qolgan bosh murabbiy lavozimini esa o'tgan mavsum "Turon" jamoasini boshqargan Yorqin Nazarov egalladi, ammo ko'pchilikning fikriga ko'ra jamoada bosh murabbiy vazifasini OKMKdan kelgan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bosh murabbiy Aleksandr Stoymirovich bajaradi va unga Sanjar Tursunov yordam beradi. Biroq, rasman bosh murabbiy Yorqin Nazarov. Tajribali Mirko Yelichich ham "Lokomotiv"dan ketdi. Avstraliyalik mutaxassis endilikda "Paxtakor" yoshlar jamoasida faoliyat yuritadi. SHuningdek, jamoaga serbiyalik yangi mutaxassis Marko Gayich ham kelib qo'shildi.

Jamoa qaysi brend liboslaridan foydalanadi?

Superligaga qaytgan "Lokomotiv" klubi yangi mavsumda 7Saber brendi ostidagi liboslardan foydalanadi. "Temiryo'lchilar" o'y uchrashuvlarini qizil, safar bahslarida esa oq rangli sport kiyimida maydonga tushadi.

"Lokomotiv"ning Superliga-2024 uchun to'liq qaydnomasi

"Lokomotiv"ning Superliga-2024 uchun to'liq qaydnomasi

1. Abdumavlon Abdujalilov, darvozabon (30.11.2024)

12. Husan Mahmudov, darvozabon (30.11.2025)

16. Danil Baklanov, darvozabon (30.11.2025)

32. Suhrobjon Sultonov, darvozabon (30.11.2024)

4. Ivan Rogach, himoyachi (Serbiya) (30.11.2024)

5. Artyom Miftiev, himoyachi (30.11.2026)

14. Dilshodjon Komilov, himoyachi (30.11.2025)

19. Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, himoyachi (31.12.2025)

26. Abdulloh Yo'ldoshev, himoyachi (30.11.2024)

29. Hamidulloh Mamajonov, himoyachi (30.11.2025)

31. CHingiz Seytjonov, himoyachi (30.11.2025)

37. Po'latjon Jumaxonov, himoyachi (30.11.2026)

39. Jafar Boboqulov, himoyachi (30.11.2024)

44. Ismoilbek Usmonxo'jaev, himoyachi (30.11.2024)

47. Og'abek SHomurodov, himoyachi (30.11.2026)

51. Amirbek Fayziev, himoyachi (30.11.2024)

55. Anzur Ismoilov, himoyachi (30.11.2024)

2. Abdulazizxon Abdurashidov, yarim himoyachi (30.11.2025)

3. Abrorjon Aliev, yarim himoyachi (30.11.2024)

6. SHerzodjon Komilov, yarim himoyachi (31.12.2024)

7. Sardor Abdunabiev, yarim himoyachi (30.11.2025)

8. Damyan Krayishnik, yarim himoyachi (31.11.2024)

99. To'lqin Ergashev, yarim himoyachi (30.11.2025)

11. Izzatilla Abdullaev, yarim himoyachi (30.11.2025)

17. SanjarTursunov, yarim himoyachi (30.11.2024)

21. Diyorbek Mamadaliev, yarim himoyachi (30.11.2024)

22. Muhammadanas Xasanov, yarim himoyachi (30.11.2024)

23. Jahongir Hoshimboev, yarim himoyachi (30.11.2025)

24. Azamat Komilov, yarim himoyachi (30.11.2025)

27. Sobit Sindarov, yarim himoyachi (01.07.2025)

28. Quvonchbek Abraev, yarim himoyachi (31.12.2025)

33. Ibrohimjon Qurbonov, yarim himoyachi (30.11.2025)

34. Kamronbek Yigitaliev, yarim himoyachi (30.11.2025)

35. Azizbek Abdumajidov, yarim himoyachi (30.11.2024)

36. Temurbek Yunusov, yarim himoyachi (30.11.2024)

38. Muhammad Habibullaev, yarim himoyachi (31.12.2025)

40. Aminbek Yoqubov, yarim himoyachi (30.11.2025)

42. Muhammadyusuf Husanov, yarim himoyachi (30.11.2025)

45. Nikita Karpenko, yarim himoyachi (30.11.2026)

46. Behruz Abdusattorov, yarim himoyachi (30.11.2026)

48. Ibrohimjon Tursunaliev, yarim himoyachi (30.11.2025)

49. SHohruh Xudoyberganov, yarim himoyachi (30.11.2025)

50. Abdulloh Abrorxo'jaev, yarim himoyachi (30.11.2024)

52. Azamatjon Tolibjonov, yarim himoyachi (30.11.2024)

53. Asadbek Beglarxonov, yarim himoyachi (30.11.2025)

54. Samandar Botirov, yarim himoyachi (30.11.2025)

70. Abubakr Rizo Turdialiev, yarim himoyachi (31.12.2024)

77. Lazizbek Mirzaev, yarim himoyachi (31.12.2025)

10. Ivan Bulatovich, hujumchi  (30.11.2024)

15. Jasurbek Hakimov, hujumchi (30.11.2025)

20. Javohir Mubarakov, hujumchi (30.11.2024)

25. Nikolaos Akopov, hujumchi (30.11.2024)

41. Mirjalol Norqobilov, hujumchi (30.11.2024)




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика