"Liverpul" "Palmeyras" vingerini sotib olishga yaqin
20 fev 19:30
Yangiliklar
"Liverpul" "Palmeyras" vingerini sotib olishga yaqin
"AllThingsBrazil" malumotlariga qaraganda, "Palmeyras"ning 21 yoshli o'ng qanot vingeri Allan yozgi transfer oynasida "Liverpul"ga o'tishi bo'yicha yaqin orada kelishuvga kelishi mumkin.
Xabar qilinishicha, "Palmeyras" iqtidorli futbolchisi uchun kamida 35 mln evro talab qilib, "qizillar" bilan muzokaralarni boshlashga tayyor. Saloh yozda ketishi mumkinligi inobatga olinsa, "Liverpul" munosib o'rinbosar izlash uchun katta mablag' sarflashga tayyor, Allan esa yosh bo'lishiga qaramay, tasirli o'yini bilan kuchli nomzod sifatida qaralmoqda.

Allan — "Palmeyras" akademiyasi tarbiyalanuvchisi va bu o'tish uning faoliyatidagi ilk yirik transfer bo'lishi mumkin. U klubning asosiy jamoasi safida 64 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.
Vingerning Braziliya klubi bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt bahosi bo'yicha esa uning transfer narxi 10 mln evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar