Alisson va Keza "Galatasaroy"ga qarshi o'ynamaydi: Slot vaziyatga oydinlik kiritdi
10 mar 01:35
Yangiliklar
Alisson va Keza "Galatasaroy"ga qarshi o'ynamaydi: Slot vaziyatga oydinlik kiritdi
Har ikki o'yinchi jamoa bilan birga Turkiyaga uchib ketmagan.
Sabab nimada?
Mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot o'yinoldi matbuot anjumanida shogirdlarining holati yuzasidan malumot berdi:
"Fede kecha tunda o'zini yomon his qila boshladi.
Alisson ham mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan edi, biroq yakunga kelib o'zida qandaydir bezovtalik sezdi. Shifokorlar uni ko'rikdan o'tkazishdi va biz birgalikda uning bu safarga bormasligi maqsadga muvofiq deb topdik. Uning yakshanba kungi o'yinda maydonga tushish ehtimoli, albatta, bor. Bu unchalik jiddiy muammo emas, lekin ertangi bahs uchun u hali tayyor bo'lmaydi", — dedi Slot.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" ushbu evrokubok bahsidan so'ng, yakshanba kuni APLning 30-turi doirasida o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar